QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят72

فَإِن تَوَلَّيْتُمْ فَمَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَأُمِرْتُ أَنْ أَكُونَ مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, agar yuz o`girsangiz, men sizlardan ajr so`raganim yo`q. Mening ajrim faqatgina Allohdan. Va men musulmonlardan bo`lishga amr qilinganman», dedi.Бас, агар юз ўгирсангиз, мен сизлардан ажр сўраганим йўқ. Менинг ажрим фақатгина Аллоҳдан. Ва мен мусулмонлардан бўлишга амр қилинганман», деди.Alauddin Mansour: Bas, agar (mening qilgan pand-nasihatimdan) yuz oʻgirar ekansizlar, men sizlardan (uning uchun) biror ajr-haq soʻraganim yoʻq (yaʼni, menga haq berishni istamaganlikdan emas, balki badbaxtliklaring tufayli yuz oʻgirmoqdasizlar). Men ajr — savobni faqat Allohdan (soʻrayman). Va men Unga boʻyinsunuvchi — musulmonlardan boʻlishga maʼmurman (amr etilganman)».Бас, агар (менинг қилган панд-насиҳатимдан) юз ўгирар экансизлар, мен сизлардан (унинг учун) бирор ажр-ҳақ сўраганим йўқ (яъни, менга ҳақ беришни истамаганликдан эмас, балки бадбахтликларинг туфайли юз ўгирмоқдасизлар). Мен ажр — савобни фақат Аллоҳдан (сўрайман). Ва мен Унга бўйинсунувчи — мусулмонлардан бўлишга маъмурман (амр этилганман)».

217-sahifa · 11-juz · 22-hizb217-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas, agarбас, агарتَوَلَّيْتُمْyuz oʻgirsangizюз ўгирсангизفَمَاbas, emasбас, эмасسَأَلْتُكُمmen sizdan soʻraganimмен сиздан сўраганимمِّنْhechҳечأَجْرٍ ۖajrажрإِنْemasэмасأَجْرِىَmening ajrimменинг ажримإِلَّاfaqatginaфақатгинаعَلَىzimmasidaзиммасидаٱللَّهِ ۖAllohningАллоҳнингوَأُمِرْتُva men amr qilinganmanва мен амр қилинганманأَنْ-ki-киأَكُونَmen boʻlishimмен бўлишимمِنَ-dan-данٱلْمُسْلِمِينَmusulmonlarмусулмонлар
TafsirТафсир

Ey Muhammad, oʻz vaqtida Nuh alayhissalom ham senga oʻxshab qavmiga Paygʻambar boʻlib kelgan edi. Sen bilan qavming oʻrtasidagi holat ularning ham boshidan kechgan. Sening qavming ichidan ham Nuh qavmidagiga oʻxshash sarkashlar chiqdi. Ular Allohning qudratiga dalolat qiluvchi turli oyat–belgilardan oʻrnak olmayaptilar. Endi sen:

«Ularga Nuhning xabarini tilovat qilib ber».

Shoyad, bu xabarni eshitganlaridan keyin koʻzlari ochilsa.

«Vaqtiki u oʻz qavmiga...»

Yaʼni, Nuh alayhissalom qavmida sarkashlikni koʻrganidan keyin ularga:

«Ey qavmim, agar sizlarga mening maqomim va Allohning oyatlari ila eslatishim ogʻir kelayotgan boʻlsa, bas, men Allohga tavakkal qildim», dedi.

Yaʼni, sizlarning orangizda Paygʻambarlik maqomida turishim hamda sizlarga dinu diyonat ishlarini, dunyo va oxirat hukmlarini Allohning oyatlari ila eslatishim ogʻirlik qilib oʻzingizni shunday nomaʼqul tutayotgan boʻlsangiz, unda mening sizlar bilan ishim yoʻq. Men Alloh taologa tavakkal qildim.

«Siz sherik keltirganlaringiz bilan birgalikda oʻz ishingizni bilaveringlar.»

Modomiki, Allohning amri sizga yoqmay, unga turli narsalarni sherik qilyapsizmi, sherik qilgan narsalaringiz bilan birgalikda ish koʻraveringlar. Oramiz ochiq. Qoʻlingizdan kelgan chora-tadbirlarni qilaveringlar:

«Yana, ishlaringiz oʻzingiz uchun noaniq boʻlib qolmasin».

Hamma narsa ochiq-oydin boʻlsin. Shubha va ikkilanishlarga hech qanday oʻrin qolmasin. Yaxshilab oʻylab koʻring.

«Soʻngra, menga nisbatan hukmingizni ijro etaveringlar, menga muhlat bermanglar.»

Men Allohga iymon keltirgan odamman. Hech kimdan qoʻrqmayman.

Men Allohga tavakkal qilgan odamman. Boshqaga suyanmayman.

Mening qalbim va butun vujudim ishonchga toʻliq.

Men nima uchun yashayotganimni ham yaxshi bilaman, nima uchun oʻlishim kerakligini ham yaxshi bilaman.

Menga muhlat ham bermanglar. Qoʻlingizdan nima kelsa, qilaveringlar.

Yana bilib qoʻyinglarki:

«Bas, agar yuz oʻgirsangiz, men sizlardan ajr soʻraganim yoʻq».

Hidoyatga yurmay, yuz oʻgirib ketadigan boʻlsangiz, ketavering. Men bu ish uchun sizdan ajr–haq soʻrayotganim yoʻq. Men siz gumon qilayotgan oʻsha ajrdan mahrum ham boʻlib qolmayman. Hidoyat yoʻlida qilgan xizmatim uchun:

«Mening ajrim faqatgina Allohdan».

Men Uning amri ila, Uning roziligi uchun harakat qilmoqdaman. Shu bois, ajrini ham faqat Undangina kutaman.

«Va men musulmonlardan boʻlishga amr qilinganman.»

Shuning uchun, butun vujudim ila Unga taslim boʻlganman.

Nuh alayhissalom bu soʻzlarni ixlos bilan, qavmimga taʼsir qilarmikan, degan niyatda aytdilar. Lekin nima boʻldi? Taʼsir qildimi? Bu savolga javobni keyingi oyati karimadan olamiz: