QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят73

فَكَذَّبُوهُ فَنَجَّيْنَـٰهُ وَمَن مَّعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ وَجَعَلْنَـٰهُمْ خَلَـٰٓئِفَ وَأَغْرَقْنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُنذَرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, uni yolg`onchiga chiqarishdi. Bas, Biz uni va u ila birga bo`lganlarni kemada qutqardik va ularni xalifalar qildik. Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni g`arq etdik. Ogohlantirilganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar sol.Сўнгра, уни ёлғончига чиқаришди. Бас, Биз уни ва у ила бирга бўлганларни кемада қутқардик ва уларни халифалар қилдик. Оятларимизни ёлғонга чиқарганларни ғарқ этдик. Огоҳлантирилганларнинг оқибати қандай бўлганига назар сол.Alauddin Mansour: Soʻngra uni (Nuhni) yolgʻonchi qilishgach, Biz unga va u bilan kemada birga boʻlgan kishilarga najot berdik va ularni (gʻarq boʻlib ketganlarning oʻrniga Yerda) xalifa kildik. Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan kimsalarni esa gʻarq qildik. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), mana (kofirliklari uchun doʻzax azobi bilan) qoʻrqitilgan kimsalarning oqibati qanday boʻlganini koʻring!Сўнгра уни (Нуҳни) ёлғончи қилишгач, Биз унга ва у билан кемада бирга бўлган кишиларга нажот бердик ва уларни (ғарқ бўлиб кетганларнинг ўрнига Ерда) халифа килдик. Бизнинг оятларимизни ёлғон деган кимсаларни эса ғарқ қилдик. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), мана (кофирликлари учун дўзах азоби билан) қўрқитилган кимсаларнинг оқибати қандай бўлганини кўринг!

217-sahifa · 11-juz · 22-hizb217-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَكَذَّبُوهُsoʻngra uni yolgʻonchiga chiqarishdiсўнгра уни ёлғончига чиқаришдиفَنَجَّيْنَـٰهُbas, Biz uni qutqardikбас, Биз уни қутқардикوَمَنva kimlarniва кимларниمَّعَهُۥu ila birga boʻlganу ила бирга бўлганفِى-da-даٱلْفُلْكِkemaкемаوَجَعَلْنَـٰهُمْva ularni qildikва уларни қилдикخَلَـٰٓئِفَxalifalarхалифаларوَأَغْرَقْنَاva gʻarq etdikва ғарқ этдикٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqarganёлғонга чиқарганبِـَٔايَـٰتِنَا ۖoyatlarimizniоятларимизниفَٱنظُرْbas, nazar solбас, назар солكَيْفَqandayқандайكَانَboʻlganigaбўлганигаعَـٰقِبَةُoqibatiоқибатиٱلْمُنذَرِينَogohlantirilganlarningогоҳлантирилганларнинг
TafsirТафсир

Nuh alayhissalomdan ixlosga va iymonga yoʻgʻrilgan soʻzlarni eshitgan sarkash qavm iymon keltirib, musulmon boʻlish oʻrniga, Paygʻambarlarini yolgʻonchiga chiqarishdi. Allohdan xabar yetkazgan ulugʻ Paygʻambarni yolgʻonchilikda ayblashdi.

«Soʻngra, uni yolgʻonchiga chiqarishdi.»

Oqibatda, ularning boshiga toʻfon balosi keldi. Butun olamni suv bosdi.

«Bas, Biz uni va u ila birga boʻlganlarni kemada qutqardik va ularni xalifalar qildik.»

Alloh taolo Nuh alayhissalomni va u kishiga ergashgan oz sonli moʻminlarni toʻfon balosidan kemada sogʻ-salomat qutqarib qoldi. Hamda ularni yer yuzida oʻzining xalifalari qildi.

«Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni gʻarq etdik.»

Allloh taolo Oʻz oyatlarini yolgʻonga chiqargan kofirlarni toʻfonda gʻarq qilib, yer yuzidan yoʻq qildi.

«Ogohlantirilganlarning oqibati qanday boʻlganiga nazar sol.»

Ha, ogohlantirib turilsa ham ogoh olmaganlarning barchasining oqibati voydir. Nuh qavmi yoki boshqa kofir qavmlar kabi halokatga duchor etiladilar.

Endi Nuh alayhissalomdan keyin kelgan Paygʻambarlar va ularni adashgan qavmlar qanday qilib kutib olganlari haqida muxtasar holda soʻz yuritiladi: