ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِۦ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَآءُوهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَمَا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوا۟ بِمَا كَذَّبُوا۟ بِهِۦ مِن قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ نَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلْمُعْتَدِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, undan keyin Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular ochiq-oydin hujjatlar ila keldilar. Ammo u (qavm)lar oldin yolg`onga chiqargan narsalariga iymon keltiruvchi bo`lmadilar. Tajovuzkorlarning qalbiga shunday qilib muhr bosamiz.Сўнгра, ундан кейин Пайғамбарларни қавмларига юбордик. Бас, улар очиқ-ойдин ҳужжатлар ила келдилар. Аммо у (қавм)лар олдин ёлғонга чиқарган нарсаларига иймон келтирувчи бўлмадилар. Тажовузкорларнинг қалбига шундай қилиб муҳр босамиз.Alauddin Mansour: Soʻngra (Nuhdan) keyin ham (koʻp) paygʻambarlarni oʻz qavmlariga yubordik. Bas, u paygʻambarlar ularga ochiq hujjat-moʻʼjizalar keltirganlarida, ular ilgari yolgʻon degan narsalariga (paygʻambarlarning moʻʼjizalarini koʻrganlaridan keyin ham) iymon keltiruvchi boʻlmadilar. Tajovuzkor kimsalarning dillarini mana shunday muhrlab qoʻyurmiz.Сўнгра (Нуҳдан) кейин ҳам (кўп) пайғамбарларни ўз қавмларига юбордик. Бас, у пайғамбарлар уларга очиқ ҳужжат-мўъжизалар келтирганларида, улар илгари ёлғон деган нарсаларига (пайғамбарларнинг мўъжизаларини кўрганларидан кейин ҳам) иймон келтирувчи бўлмадилар. Тажовузкор кимсаларнинг дилларини мана шундай муҳрлаб қўюрмиз.
Nuh alayhissalomdan keyin ham yer yuziga, turli qavmlarga Paygʻambarlar yubordik. Ha,
«Soʻngra, undan keyin Paygʻambarlarni qavmlariga yubordik».
U Paygʻambarlar qavmlarini Allohning diniga chaqirdilar. Odamlar ularga ishonmay, Paygʻambarligini tasdiqlovchi ochiq-oydin hujjat-moʻʼjizalar keltirishni talab qildilar.
«Bas, ular ochiq-oydin hujjatlar ila keldilar.»
Paygʻambar alayhissalomlar oʻzlaridan talab qilingan ochiq- oydin hujjat-moʻʼjizalarni keltirdilar ham.
«Ammo u(qavm)lar oldin yolgʻonga chiqargan narsalariga iymon keltiruvchi boʻlmadilar.»
Ammo qavmlar yana iymonga kelmadilar. Chunki bir marta inkor qilib yolgʻonga chiqargan narsalariga keyin yana iymon keltirishlari qiyin edi. Ular dastlab, Paygʻambarlar daʼvat etib kelganlarida, ularni yolgʻonchiga chiqarib, katta tajovuzkorlik qilgan edilar.
«Tajovuzkorlarning qalbiga shunday qilib muhr bosamiz.»
Ha, ularning tajovuzkorliklari oʻzlarining boshlariga yetdi. Shu tufayli Alloh qalblariga muhr bosib qoʻygan edi. Natijada, ular ochiq-oydin hujjat-moʻʼjizalarni koʻrganda ham iymonga kelmadilar va halok boʻldilar.
Ey siz, insonlar, ushbu oyatlar bilan tanishayotganlar! Sizlar ham oʻsha qavmlarga oʻxshab avval boshdan Paygʻambarni, Qurʼonni yolgʻonga chiqarib, tajovuzkorlik etmang. Agar shunday qiladigan boʻlsangiz, oʻshalarga oʻxshab qalbingizga muhr bosilishi, oqibatda halokatga uchrashingiz turgan gap. Mana, quyida qissasi keladigan qavm ham xuddi shunday taqdirga duch kelgan edi.