قَالَ مُوسَىٰٓ أَتَقُولُونَ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَكُمْ ۖ أَسِحْرٌ هَـٰذَا وَلَا يُفْلِحُ ٱلسَّـٰحِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Muso: «Sizga haq kelganda (shunday) deysizlarmi?! Shu sehrmi?! Sehrgarlar najot topmaslar», dedi.Мусо: «Сизга ҳақ келганда (шундай) дейсизларми?! Шу сеҳрми?! Сеҳргарлар нажот топмаслар», деди.Alauddin Mansour: Muso dedi: «Sizlarga haqiqat kelgan vaqtida («Bu sehr»), deysizlarmi? Sehrmi shu? Axir sehrgarlar muvaffaqiyat qozonolmaydilar-ku?!»Мусо деди: «Сизларга ҳақиқат келган вақтида («Бу сеҳр»), дейсизларми? Сеҳрми шу? Ахир сеҳргарлар муваффақият қозонолмайдилар-ку?!»
Paygʻambarlik bilan sehrgarlik bir-biriga tamoman zid narsa. Paygʻambarlik rostgoʻylikka asoslangan, Alloh tomonidan bandalarga yuborilgan hidoyatdir. Sehrgarlik esa, aldov va hiyla-nayrangga asoslangan, kishilarga yomonlik yetkazish uchun ishlatiladigan dajjolliklardir.
Paygʻambarlik eʼtiqodga asoslanadi. Sehrgarlikda eʼtiqod degan narsadan asar ham yoʻq. Paygʻambarlik ikki dunyo baxtu saodati ila kishilarni taʼmin etuvchi mukammal nizom. Sehrgarlikda bundan ham asar yoʻq.
Qolaversa, tarixga nazar solsangiz, biror sehrgar najot topmagan, topmaydi ham.
Endi keladigan oyati karimada Firʼavn va uning qavmi paygʻambarlikni inkor qilishlarining haqiqiy sabablari ochiladi: