قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِتَلْفِتَنَا عَمَّا وَجَدْنَا عَلَيْهِ ءَابَآءَنَا وَتَكُونَ لَكُمَا ٱلْكِبْرِيَآءُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا نَحْنُ لَكُمَا بِمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Sen bizni otalarimiz tutib kelayotganida topgan narsamizdan burish uchun va ikkovingizga yer yuzida kattalik bo`lishi uchun keldingmi? Biz ikkovingizga iymon keltiruvchilardan emasmiz», dedilar.Улар: «Сен бизни оталаримиз тутиб келаётганида топган нарсамиздан буриш учун ва икковингизга ер юзида катталик бўлиши учун келдингми? Биз икковингизга иймон келтирувчилардан эмасмиз», дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Sen bizlarni ota-bobolarimizni amal qilgan holda topgan dinimizdan burish uchun va ikkovingiz yerimizga ega boʻlib olish uchun keldingmi?! Biz sizlarga iymon keltirguvchi emasmiz!»Улар дедилар: «Сен бизларни ота-боболаримизни амал қилган ҳолда топган динимиздан буриш учун ва икковингиз еримизга эга бўлиб олиш учун келдингми?! Биз сизларга иймон келтиргувчи эмасмиз!»
Demak, ular ilm-maʼrifat asosida emas, balki qalblaridagi avvaldan oʻrnashib qolgan dard tufayli Alloh tomonidan kelgan dinni inkor qilayotgan ekanlar. Bu faqat Firʼavn va uning qavmigagina emas, balki Allohning diniga yurishni xohlamagan har bir togʻut va uning qavmiga ham xos xususiyatdir. Ularning Allohning diniga yurmasliklarining birinchi sababi–ota-bobolaridan qolgan urf-odat, tasavvur va tuzumlarning yoʻq boʻlishidan qoʻrqishdir. Ota-bobolaridan qolgan narsa bidʼat-xurofot, zararli, nopok narsadir balki, ammo u tomoni bilan ishlari yoʻq. Shuning uchun ham, ular Allohning Paygʻambariga qarab:
«Sen bizni otalarimiz tutib kelayotganida topgan narsamizdan burish uchun keldingmi?» deyishmoqda.
Ularning Allohning diniga yurishdan bosh tortishlarining ikkinchi va asosiy sababi–oʻsha bidʼat va xurofotlarga suyangan «kattalik»ni, mansab va hokimlikni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqishdir. Shuning uchun ham, ular Muso alayhissalomga qarab sen bizning huzurimizga senga va akang Horun
«ikkovingizga yer yuzida kattalik boʻlishi uchun keldingmi?» deyishmoqda.
Allohning diniga qarshilik qilishning asosiy boisi shuldir. Firʼavn ham, uning amaldorlari ham Muso va Horun alayhimassalom keltirgan din qabul qilinsa, hokimiyatdan, saltanatdan, kattalikdan, mansabdan ajrab qolishdan qoʻrqqanlar. Shu bois ham, bu dinni xalqqa yetib borishdan toʻsishga harakat qilganlar. Bu borada qilgan birinchi ishlari dinga daʼvat qiluvchilarni joriy nizomni buzishda, unga qarshi chiqishda ayblash boʻlgan. Shuning uchun ham, daʼvatchilarga qarab: «Sen bizni otalarimiz tutib kelayotganida topgan narsamizdan burish uchun keldingmi?» deganlar. Bu, daʼvatchilar yuziga otilgan ayblov boʻlsa, xalqqa ularni qoralab koʻrsatish uchun yuritilgan tashviqot hamdir.
Bu ham yetmaganidek, daʼvatchilarni jamiyatda hokimlik daʼvosini qilishda ayblashga oʻtdilar. Bular oʻzlariga yer yuzida «kattalik» boʻlishini xohlayaptilar, dedilar va ularni yoʻq qilishga harakat boshladilar. Dastlab, oʻz tushunchalari boʻyicha, daʼvatchilarni yenga oladi, deb oʻylaganlari toifani ishga soldilar. Ikkovlari ham bir xil boʻlsa kerak, menga nima, bir-biriga qarshi qilib qoʻyay, deb oʻz gumonidagi toifani haq daʼvatchilarga qarshi gij-gijlaydilar. Shuning uchun ham, Muso va Horun alayhissalomlarni mazkur ikki ayb–mavjud nizomni buzish va kattakonlikka urinishda ayblab boʻlgan