فَلَمَّا جَآءَ ٱلسَّحَرَةُ قَالَ لَهُم مُّوسَىٰٓ أَلْقُوا۟ مَآ أَنتُم مُّلْقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sehrgarlar kelganida, Muso ularga: «Sizlar tashlamoqchi bo`lgan narsangizni tashlangiz», dedi.Сеҳргарлар келганида, Мусо уларга: «Сизлар ташламоқчи бўлган нарсангизни ташлангиз», деди.Alauddin Mansour: Bas, sehrgarlar kelganlarida, Muso ularga: «Tashlamoqchi boʻlgan narsalaringizni (yaʼni, aso va arqonlaringizni) tashlanglar», dedi.Бас, сеҳргарлар келганларида, Мусо уларга: «Ташламоқчи бўлган нарсаларингизни (яъни, асо ва арқонларингизни) ташланглар», деди.
Avval aytilganidek, qissaning tafsiloti boshqa suralarda kelgan. Bu surada esa, siyoqiga mos ravishda baʼzi holatlar bayon qilinmoqda.
Sehrgarlar muboraza joyiga kelishganida, hammaning oldida Muso alayhissalom ularga:
«Tashlamoqchi boʻlgan narsangizni tashlang», dedi».
Sehrgarlar oʻsha narsalarini tashladilar. U narsalarni koʻrgan Muso alayhissalom haqiqatni angladilar va:
«Siz keltirgan narsa sehrdir», dedilar.
Chunki, Alloh tomonidan berilgan moʻʼjizaga sohib boʻlgan Paygʻambar sehrni osonlikcha bilishi ajablanarlik emas. U kishi Allohga iymon ila qalbi toʻla, oʻz ishining haqligiga, boshqalarning ishi botilligiga ishonchi komil zotdirlar. Shuning uchun ham, hech ikkilanmasdan:
«Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzgʻunchilarning ishini oʻnglamas», dedilar.
Ilohiy haqiqatni tushunib yetgan inson doimo shunday mavqeda turadi. Haq tarafida oʻzi yolgʻiz boʻlib, botil butun dunyoni toʻldirsa ham, oʻz ishining gʻolib kelishiga, buzgʻunchilarning ishi botil boʻlishiga zarracha shubha qilmaydi.
Muso alayhissalom soʻzlari davomida:
«Alloh Oʻz kalimasi ila, garchi jinoyatchilar yoqtirmasa ham, haqni roʻyobga chiqarur», dedi».
Darhaqiqat, shunday boʻldi ham. Allohning «Boʻl!» degan kalimasi ila har narsa boʻlishi turgan gap. Sehrgarlarning sehri botil boʻldi. Alloh haqni roʻyobga chiqardi. Ammo: