QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Yunus surasi · Oyatсураси · Оят96

إِنَّ ٱلَّذِينَ حَقَّتْ عَلَيْهِمْ كَلِمَتُ رَبِّكَ لَا يُؤْمِنُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbingning kalimalari zimmasiga vojib bo`lganlar iymonga kelmaslar.Албатта, Роббингнинг калималари зиммасига вожиб бўлганлар иймонга келмаслар.Alauddin Mansour: Albatta, zimmalariga Parvardigoringizning Soʻzi (yaʼni, azobi) vojib boʻlgan kimsalar iymon keltirmaydilar.Албатта, зиммаларига Парвардигорингизнинг Сўзи (яъни, азоби) вожиб бўлган кимсалар иймон келтирмайдилар.

219-sahifa · 11-juz · 22-hizb219-саҳифа · 11-жуз · 22-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَkimsalarкимсаларحَقَّتْvojib boʻlganвожиб бўлганعَلَيْهِمْzimmalarigaзиммаларигаكَلِمَتُkalimalariкалималариرَبِّكَRobbingningРоббингнингلَاemasэмасيُؤْمِنُونَiymonga kelurlarиймонга келурлар
TafsirТафсир

Baʼzi odamlar, hidoyatga yurish niyatlari yoʻqligi tufayli, shuncha vaqtdan beri Islomga daʼvat qilinsalar-da, borgan sari kufrda ashaddiylashib ketmoqdalar. Tabiatlari va niyatlari buzuqligi sababli, ularning zimmasiga oxirgi damgacha iymonga kelmasliklari haqida Allohning kalimasi haq boʻlib qoldi. Ularning moʻmin boʻlmasliklariga Allohdan lafz ketdi. Yaʼni, Alloh taolo oʻzigagina maʼlum boʻlgan yana bir haqiqatni–tabiatlari buzuq baʼzi kimsalarning oqibatini bandalariga bildirish uchun Oʻz kitobiga bitib qoʻydi. Ular ham, hozirgina qissasi oʻtgan Firʼavnga oʻxshab alamli azobni koʻrmagunlaricha iymonga kelmaydilar. Alamli azobni koʻrganlarida, oʻlim oldida keltirgan iymonlaridan esa, naf boʻlmaydi. Shuning uchun, sen ular haqida tashvish chekma.