وَلَوْ جَآءَتْهُمْ كُلُّ ءَايَةٍ حَتَّىٰ يَرَوُا۟ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar ularga hamma oyat-mo`'jizalar kelsa ham, to alamli azobni ko`rmagunlaricha.Агар уларга ҳамма оят-мўъжизалар келса ҳам, то аламли азобни кўрмагунларича.Alauddin Mansour: Garchi ularga barcha oyat-moʻʼjizalar kelsa-da, to alamli azobni koʻrmagunlaricha (iymon keltirmaydilar).Гарчи уларга барча оят-мўъжизалар келса-да, то аламли азобни кўрмагунларича (иймон келтирмайдилар).
Baʼzi odamlar, hidoyatga yurish niyatlari yoʻqligi tufayli, shuncha vaqtdan beri Islomga daʼvat qilinsalar-da, borgan sari kufrda ashaddiylashib ketmoqdalar. Tabiatlari va niyatlari buzuqligi sababli, ularning zimmasiga oxirgi damgacha iymonga kelmasliklari haqida Allohning kalimasi haq boʻlib qoldi. Ularning moʻmin boʻlmasliklariga Allohdan lafz ketdi. Yaʼni, Alloh taolo oʻzigagina maʼlum boʻlgan yana bir haqiqatni–tabiatlari buzuq baʼzi kimsalarning oqibatini bandalariga bildirish uchun Oʻz kitobiga bitib qoʻydi. Ular ham, hozirgina qissasi oʻtgan Firʼavnga oʻxshab alamli azobni koʻrmagunlaricha iymonga kelmaydilar. Alamli azobni koʻrganlarida, oʻlim oldida keltirgan iymonlaridan esa, naf boʻlmaydi. Shuning uchun, sen ular haqida tashvish chekma.