۞ أَفَلَا يَعْلَمُ إِذَا بُعْثِرَ مَا فِى ٱلْقُبُورِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U bilmasmi?! Qabrdagilar qo`zg`atilganda.У билмасми?! Қабрдагилар қўзғатилганда.Alauddin Mansour: Axir u bilmasmiki, (Qiyomat qoyim boʻlib), qabrlarning ichidagi narsalar (jasadlarga qayta jon ato etilib, tashqariga) chiqarilganida;Ахир у билмасмики, (Қиёмат қойим бўлиб), қабрларнинг ичидаги нарсалар (жасадларга қайта жон ато этилиб, ташқарига) чиқарилганида;
Ha, oʻsha nobakor inson qabrdagi barcha-barcha oʻliklar qoʻzgʻatilib tiriltiriladigan, hatto koʻkraklardagi siru asrorlargacha fosh boʻladigan qiyomat kunida, ha, oʻsha kunda bandalarning Robbisi ularning kattayu kichik har bir narsasidan oʻta xabardor boʻlishini bilmasmidi?! Nima uchun nobakorlik qilmoqda, oʻzi! Uning oʻrniga, Robbisiga iymon keltirib, U zotga itoat va ibodat qilsa boʻlmasmidi?