وَيْلٌ لِّكُلِّ هُمَزَةٍ لُّمَزَةٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir obro` to`kuvchi va ayblovchiga «vayl» bo`lsin.Ҳар бир обрў тўкувчи ва айбловчига «вайл» бўлсин.Alauddin Mansour: Barcha (kishilarga dilozorlik qilib, ularning obroʻlarini toʻkib yuradigan) boʻhtonchi-gʻiybatchiga halokat boʻlgay.Барча (кишиларга дилозорлик қилиб, уларнинг обрўларини тўкиб юрадиган) бўҳтончи-ғийбатчига ҳалокат бўлгай.
Odamlarning obroʻsini gʻiybat yoʻllari bilan koʻp toʻkuvchi odam arabchada «Humaza» deyiladi. Odamlarning aybini, kamchiliklarini imo-ishora ila masxara qiluvchi «Lumaza» deyiladi. «Vayl» jahannamdagi bir vodiy yoki holiga voy, halok boʻlsin, maʼnosida ekanini oldin ham oʻrganganmiz.
Ushbu ikki sifatga ega boʻlganlarning barchasi doʻzaxga tushadi va ularning ahvoliga voy boʻladi, deydi Alloh taolo. Chunki, moʻmin kishining qonini toʻkish qanchalik gunoh boʻlsa, obroʻsini toʻkish ham shunchalik gunoh. Odam oʻldirib–qon toʻkib gunoh qilganlar jahannamga tushganidek, gʻiybat qilib–obroʻ toʻkib kishilarni xafa qilganlar ham jahannamga tushadi.