ٱلَّذِى جَمَعَ مَالًا وَعَدَّدَهُۥ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U mol jamladi va uni sanab turur.У мол жамлади ва уни санаб турур.Alauddin Mansour: U (faqat) mol toʻplagan va oʻsha (mol-dunyo)ni hisob-kitob qilib (biron savobli ishga sarflamasdan) yurgan kimsadir.У (фақат) мол тўплаган ва ўша (мол-дунё)ни ҳисоб-китоб қилиб (бирон савобли ишга сарфламасдан) юрган кимсадир.
Oyati karima xasis boylarning odatini fosh qiladi, yaʼni, molni toʻplagandan soʻng, uni tez-tez sanab huzurlanib turadi. Ha, molu dunyoga qul boʻlib qolgan odam shundoq holga tushib qoladi. U yursa ham, tursa ham, hamma joyda pulni, molni oʻylaydi, uni qayta-qayta sanaydi. Bir soʻm boʻlsa ham oshirish, koʻpaytirish payidan boʻladi. Molu dunyo bandasi, hamma narsa pul bilan boʻladi, degan xayolga borib qoladi.