كَلَّا ۖ لَيُنۢبَذَنَّ فِى ٱلْحُطَمَةِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Albatta, u «hutoma»ga xor-zor etib tashlanur.Йўқ! Албатта, у «ҳутома»га хор-зор этиб ташланур.Alauddin Mansour: Yoʻq, (uning bu hisob-kitobi bekordir)! Qasamki, albatta u chilparchin qilguvchi (doʻzax)ga tashlanur!Йўқ, (унинг бу ҳисоб-китоби бекордир)! Қасамки, албатта у чилпарчин қилгувчи (дўзах)га ташланур!
Yoʻq!!! Ular kishilarning obroʻsini toʻkishdan, ayblashdan, molu mulk meni abadiy izzatda qoldiradi, deb xayol qilishdan qaytsinlar!!! Boʻlmasa, oxiratda, albatta, «hutomaga» xoru zor holda tashlanurlar.
«Hutoma» jahannamning nomlaridan biri boʻlib, lugʻatda «parcha-parcha qiluvchi», «chilparchin qiluvchi» maʼnosini anglatadi. Aslida qandoq boʻlishi esa, kelgusi oyatlarda bayon qilinadi.