نَارُ ٱللَّهِ ٱلْمُوقَدَةُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, Allohning shiddatli, o`chmas olovidir.У, Аллоҳнинг шиддатли, ўчмас оловидир.Alauddin Mansour: (U) Allohning yoqib qoʻyilgan bir olovidirki,(У) Аллоҳнинг ёқиб қўйилган бир оловидирки,
Yaʼni, «Hutoma» nomini olgan jahannam oddiy oʻt, oddiy olov emas. U, Alloh taoloning olovidir. U, Alloh taoloning qattiq qizdirgan olovidir. Oʻsha qattiq qizdirilgan olov kuydirganda qalblargacha yetib borib kuydiradir.
Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Doʻzaxga ming yil oʻt yoqildi. U qip-qizil boʻldi. Soʻngra unga yana ming yil oʻt yoqildi. U oppoq boʻldi. Soʻngra unga yana ming yil oʻt yoqildi. U qop-qora boʻldi. U qop-qora zulmat kabidir», deyilgan.
«Hutoma» oddiy oʻt emas, u tekkan joyini kuydiribgina qolmaydi. U doʻzaxiyning qalbini ham kuydiradi. «Hutoma» shundoq boʻlishi bilan birga: