QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Humazah surasi · Oyatсураси · Оят7

ٱلَّتِى تَطَّلِعُ عَلَى ٱلْأَفْـِٔدَةِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qalblargacha yetib boradigandur.Қалбларгача етиб борадигандур.Alauddin Mansour: (oʻz alangasi bilan badanlarni teshib oʻtib) yuraklarga qadar yetur!(ўз алангаси билан баданларни тешиб ўтиб) юракларга қадар етур!

601-sahifa · 30-juz · 60-hizb601-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّتِىshunday (olovki)шундай (оловки)تَطَّلِعُyetib boradirетиб борадирعَلَى-gacha-гачаٱلْأَفْـِٔدَةِqalblargachaқалбларгача
TafsirТафсир

Yaʼni, «Hutoma» nomini olgan jahannam oddiy oʻt, oddiy olov emas. U, Alloh taoloning olovidir. U, Alloh taoloning qattiq qizdirgan olovidir. Oʻsha qattiq qizdirilgan olov kuydirganda qalblargacha yetib borib kuydiradir.

Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda: «Doʻzaxga ming yil oʻt yoqildi. U qip-qizil boʻldi. Soʻngra unga yana ming yil oʻt yoqildi. U oppoq boʻldi. Soʻngra unga yana ming yil oʻt yoqildi. U qop-qora boʻldi. U qop-qora zulmat kabidir», deyilgan.

«Hutoma» oddiy oʻt emas, u tekkan joyini kuydiribgina qolmaydi. U doʻzaxiyning qalbini ham kuydiradi. «Hutoma» shundoq boʻlishi bilan birga: