QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ma'un surasi · Oyatсураси · Оят2

فَذَٰلِكَ ٱلَّذِى يَدُعُّ ٱلْيَتِيمَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, yetimni qo`pollik bilan haydaydir.У, етимни қўполлик билан ҳайдайдир.Alauddin Mansour: Bas, bu yetim-yesirni (qoʻpollik bilan) haydab soladigan,Бас, бу етим-есирни (қўполлик билан) ҳайдаб соладиган,

602-sahifa · 30-juz · 60-hizb602-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَذَٰلِكَbas, ana oʻshaбас, ана ўшаٱلَّذِىu kimsakiу кимсакиيَدُعُّqoʻpollik bilan haydaydirқўполлик билан ҳайдайдирٱلْيَتِيمَyetimniетимни
TafsirТафсир

Yaʼni, oxirat jazosini yolgʻonga chiqaruvchi oʻsha kishi yetimga qoʻpollik qiluvchi, uni oʻz oldidan haydab soluvchi odamdir. Ha, faqat oxirat jazosini yolgʻonga chiqaruvchi shaxsgina yetimga shu muomalani qilishi mumkin.

Yetim, odatda, ojiz, zaif shaxs boʻladi. Yetimni xorlovchi, unga zulm qiluvchi, haqqini poymol qiluvchi shaxsni dindor deb boʻlmaydi. Shuning uchun ham, Alloh taolo oxiratni yolgʻonga chiqaruvchilarning avvalgi belgisini shundoq sifatladi.