QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ma'un surasi · Oyatсураси · Оят3

وَلَا يَحُضُّ عَلَىٰ طَعَامِ ٱلْمِسْكِينِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va miskinlarga taom berishga qiziqtirmaydir.Ва мискинларга таом беришга қизиқтирмайдир.Alauddin Mansour: Va (kishilarni) miskin-bechoraga taom berishga targʻib qilmaydigan kimsadir.Ва (кишиларни) мискин-бечорага таом беришга тарғиб қилмайдиган кимсадир.

602-sahifa · 30-juz · 60-hizb602-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасيَحُضُّqiziqtiradirқизиқтирадирعَلَىٰ-ga-гаطَعَامِtaom berishgaтаом беришгаٱلْمِسْكِينِmiskingaмискинга
TafsirТафсир

Odatda, oʻzgalarni taom berishga qiziqtirmagan odam oʻzi ham hech qachon bermaydi. Bu ham dinsizlarning alomati ekan. Musulmonlar esa, muhtojlarga doimo yordam beradilar. Shu bilan birga, boshqalarni ham miskinlarga yaxshilik qilishga, ularga taom berishga qiziqtiradilar. Eʼtibor beradigan boʻlsak, ushbu oyati karimada miskinlarga taom berishga boshqalarni qiziqtirmaslik katta ayb sifatida zikr qilinmoqda. Shundoq boʻlganidan keyin, imkoni boʻlib turib, miskinlarga taom bermaslikning oʻzi qanchalik gunohligini bilib olaversa boʻladi.

Endi, namozning haqiqatidan gʻofil namozxonlar azobu halokatdan qoʻrqitiladi.