QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят103

إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّمَنْ خَافَ عَذَابَ ٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمٌ مَّجْمُوعٌ لَّهُ ٱلنَّاسُ وَذَٰلِكَ يَوْمٌ مَّشْهُودٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bunda oxirat azobidan qo`rqqan kimsa uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar jamlanadigan bir kundir. Bu kun shohid bo`linadigan kundir.Албатта, бунда охират азобидан қўрққан кимса учун ибрат бордир. Бу кун одамлар жамланадиган бир кундир. Бу кун шоҳид бўлинадиган кундир.Alauddin Mansour: Albatta bu qissalarda Oxirat azobidan qoʻrqqan kishilar uchun oyat-ibratlar bordir. U Kun barcha odamlar toʻplanadigan va hozir boʻlinadigan Kundir.Албатта бу қиссаларда Охират азобидан қўрққан кишилар учун оят-ибратлар бордир. У Кун барча одамлар тўпланадиган ва ҳозир бўлинадиган Кундир.

233-sahifa · 12-juz · 24-hizb233-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаفِى-da-даذَٰلِكَbundaбундаلَـَٔايَةًۭalbatta ibrat bordirалбатта ибрат бордирلِّمَنْkimsa uchunкимса учунخَافَqoʻrqqanқўрққанعَذَابَazobidanазобиданٱلْـَٔاخِرَةِ ۚoxiratохиратذَٰلِكَbuбуيَوْمٌۭkundirкундирمَّجْمُوعٌۭjamlanadiganжамланадиганلَّهُundaундаٱلنَّاسُodamlarодамларوَذَٰلِكَva buва буيَوْمٌۭkundirкундирمَّشْهُودٌۭshohid boʻlinadiganшоҳид бўлинадиган
TafsirТафсир

Yaʼni, ushbu surada kelgan qissalarda zikr etilgan zolim shahar, qishloq va diyorlarning alamli va shiddatli azoblarga yoʻliqishida

«oxirat azobidan qoʻrqqan kimsa uchun ibrat bordir».

Chunki, bu dunyoda laʼnatga uchrab azobga giriftor boʻlganlar, albatta, u dunyoda yanada qattiqroq laʼnatga uchrab, ulkanroq azobga giriftor boʻladilar. Chunki, oxirat kuni–boshqacha kun.

«Bu kun odamlar jamlanadigan bir kundir.»

U kunda Odam Atodan tortib, to qiyomat qoim boʻlguncha oʻtgan barcha odamlar bitta ham qolmasdan jamlanadilar.

«Bu kun shohid boʻlinadigan kundir.»

Yaʼni, bu kunda shohidlik sifati bordir. U hammaga shohid boʻladi. Uning boʻlmay qolishi mumkin emas. Bu kun ulugʻ kundir. U kunda shohidlar hozir boʻladilar. U shohidlar–farishtalar, Paygʻambarlar, shahidlar, insu jinlar, hayvonlar va boshqalar. Hamma-hamma hozir boʻladi. Hamma-hamma guvohlik beradi.

U kun yana shunday kunki: