QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят109

فَلَا تَكُ فِى مِرْيَةٍ مِّمَّا يَعْبُدُ هَـٰٓؤُلَآءِ ۚ مَا يَعْبُدُونَ إِلَّا كَمَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُهُم مِّن قَبْلُ ۚ وَإِنَّا لَمُوَفُّوهُمْ نَصِيبَهُمْ غَيْرَ مَنقُوصٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen anavilar ibodat qilayotgan narsada shak-shubhada bo`lma. Ular oldin otalari ibodat qilganga o`xshash ibodat qiladilar, xolos. Va, albatta, Biz ularga nasibalarini (hech bir) kamaytirmay to`liq qilib beramiz.Сен анавилар ибодат қилаётган нарсада шак-шубҳада бўлма. Улар олдин оталари ибодат қилганга ўхшаш ибодат қиладилар, холос. Ва, албатта, Биз уларга насибаларини (ҳеч бир) камайтирмай тўлиқ қилиб берамиз.Alauddin Mansour: Bas, siz, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ana ular (yaʼni, mushriklar) ibodat qilayotgan narsadan shak-shubhada boʻlmang (yaʼni, ularning nohaq yoʻlda ekanliklari aniqdir). Ular ham xuddi ota-bobolari kabi ibodat qilmoqdalar (butga sigʻinmoqdalar), xolos (ularni ham ota-bobolarini halok qilganimiz kabi halok qilurmiz). Albatta, Biz ularning nasibalarini (yaʼni, jazolarin) toʻla qilib berurmiz.Бас, сиз, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ана улар (яъни, мушриклар) ибодат қилаётган нарсадан шак-шубҳада бўлманг (яъни, уларнинг ноҳақ йўлда эканликлари аниқдир). Улар ҳам худди ота-боболари каби ибодат қилмоқдалар (бутга сиғинмоқдалар), холос (уларни ҳам ота-боболарини ҳалок қилганимиз каби ҳалок қилурмиз). Албатта, Биз уларнинг насибаларини (яъни, жазоларин) тўла қилиб берурмиз.

234-sahifa · 12-juz · 24-hizb234-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلَاbas, emasбас, эмасتَكُboʻlmaбўлмаفِى-da-даمِرْيَةٍۢshak-shubhaшак-шубҳаمِّمَّاnarsadaнарсадаيَعْبُدُibodat qilayotganибодат қилаётганهَـٰٓؤُلَآءِ ۚanavilarанавиларمَاemasэмасيَعْبُدُونَular ibodat qilurlarулар ибодат қилурларإِلَّاmagar (xolos)магар (холос)كَمَاoʻxshashўхшашيَعْبُدُibodat qilganибодат қилганءَابَآؤُهُمotalariоталариمِّن-dan-данقَبْلُ ۚoldinолдинوَإِنَّاva albatta, Bizва албатта, Бизلَمُوَفُّوهُمْularga toʻliq qilib beruvchimizуларга тўлиқ қилиб берувчимизنَصِيبَهُمْnasibalariniнасибалариниغَيْرَemasэмасمَنقُوصٍۢkamsitilganкамситилган
TafsirТафсир

Bu oyatdagi xitob Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qaratilgandir. Alloh taolo u kishiga:

«Sen anavilar ibodat qilayotgan narsada shak-shubhada boʻlma», demoqdaki, «anavilar» deyilishining oʻzi mushriklar shaʼnini pastlatadi. Yaʼni, anavi mushriklar ibodat qilayotgan narsa nohaq ekanligida senda shubha boʻlmasin. Ularning nohaqligi muqarrar. Ularda biror yaxshilik yoki oʻzgarish boʻlsa ekan, umid qilinsa.

«Ular oldin otalari ibodat qilganga oʻxshash ibodat qiladilar, xolos.»

Otalari ham mushrik boʻlganlar, turli but-sanamlarga ibodat qilganlar. Bular ham mushrik, bular ham otalariga oʻxshab but va sanamlarga ibodat qiladilar.

Esingizda boʻlsa, ushbu surada qissasi kelgan, halokatga uchragan qavmlar ham, otalari ibodat qilgan but-sanamlarga ibodat qilamiz deb, musiybatga yoʻliqqan edilar. Endi bular ham oʻshalarning xatosini aynan takrorlamoqdalar.

«Va, albatta, Biz ularga nasibalarini (hech bir)kamaytirmay toʻliq qilib beramiz.»

Ularning nasibasi maʼlum. Oldin oʻtgan mushriklarga nima nasiba tekkan boʻlsa, bularga ham shu tegadi.