QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят110

وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَـٰبَ فَٱخْتُلِفَ فِيهِ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِى شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbingdan o`tgan so`z bo`lmaganida, oralarida hukm chiqargan bo`lar edi. Va, albatta, ular undan shak-shubhadadirlar.Батаҳқиқ, Мусога китобни бердик. Бас, у ҳақида ихтилоф қилинди. Агар Роббингдан ўтган сўз бўлмаганида, ораларида ҳукм чиқарган бўлар эди. Ва, албатта, улар ундан шак-шубҳададирлар.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz Musoga Kitob (yaʼni, Tavrot) berganimizda, u haqda ixtilof qilingan edi (yaʼni, ayrim kishilar unga iymon keltirgan boʻlsalar, ayrimlar uni inkor qildilar). Agar Parvardigoringiz tomonidan (barcha hisob-kitob Qiyomat Kunida boʻladi, degan) Soʻz oʻtmaganida, ularning oʻrtasida (shu dunyodayoq kim haq, kim nohaq ekanligi haqida) hukm chiqarilgan boʻlur edi. Albatta, ular (yaʼni, Makka mushriklari) u haqda (yaʼni, Qurʼon xususida) shak-shubha ostidadirlar.Дарҳақиқат, Биз Мусога Китоб (яъни, Таврот) берганимизда, у ҳақда ихтилоф қилинган эди (яъни, айрим кишилар унга иймон келтирган бўлсалар, айримлар уни инкор қилдилар). Агар Парвардигорингиз томонидан (барча ҳисоб-китоб Қиёмат Кунида бўлади, деган) Сўз ўтмаганида, уларнинг ўртасида (шу дунёдаёқ ким ҳақ, ким ноҳақ эканлиги ҳақида) ҳукм чиқарилган бўлур эди. Албатта, улар (яъни, Макка мушриклари) у ҳақда (яъни, Қуръон хусусида) шак-шубҳа остидадирлар.

234-sahifa · 12-juz · 24-hizb234-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқءَاتَيْنَاBiz berdikБиз бердикمُوسَىMusogaМусогаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниفَٱخْتُلِفَbas, ixtilof qilindiбас, ихтилоф қилиндиفِيهِ ۚu haqidaу ҳақидаوَلَوْلَاva agar boʻlmaganidaва агар бўлмаганидаكَلِمَةٌۭbir soʻzбир сўзسَبَقَتْoʻtganўтганمِن-dan-данرَّبِّكَRobbingdanРоббингданلَقُضِىَalbatta hukm chiqarilgan boʻlar ediалбатта ҳукм чиқарилган бўлар эдиبَيْنَهُمْ ۚoralaridaораларидаوَإِنَّهُمْva albatta, ularва албатта, уларلَفِىalbatta -daалбатта -даشَكٍّۢshak-shubhaшак-шубҳаمِّنْهُundanунданمُرِيبٍۢoʻta ishtibohliўта иштибоҳли
TafsirТафсир

Yaʼni, Paygʻambarimiz Musoga Tavrotni berdik.

«Bas, u(Tavrot) haqida ixtilof qilindi.»

Yaʼni, Tavrot haqida Muso alayhissalomning qavmi ixtilof qildi. Ular Tavrot haqida turli gaplar aytdilar, turlicha eʼtiqodlar qildilar va boshqa ixtiloflar chiqardilar. Ularning bu ixtiloflari har qanday jazoga, har qanday azobga loyiq edi.

«Agar Robbingdan oʻtgan soʻz boʻlmaganida, oralarida hukm chiqargan boʻlar edi.»

Yaʼni, Alloh taolo ularni ommaviy azobga duchor qilmaslikka ahd qilgan edi. Shu bois, mazkur gunohlari uchun ularni boshqa qavmlarga oʻxshatib ommaviy azobga duchor etmadi. Chunki, bular ahli kitob edilar. Odatda, ahli kitoblar ommaviy azobga duchor qilinmaydi.

«Va, albatta, ular undan shak-shubhadadirlar.»

Yaʼni, albatta, Muso alayhissalomning qavmi uning kitobi Tavrotdan shak-shubhadadirlar. Chunki, bu kitob Musodan bir necha avlod oʻtib, keyin yozildi. Rivoyatlar turlicha boʻlib, bir-biriga aralashib ketdi. Unga ishonadiganlar ham hayron.