وَإِنَّ كُلًّا لَّمَّا لَيُوَفِّيَنَّهُمْ رَبُّكَ أَعْمَـٰلَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا يَعْمَلُونَ خَبِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Robbing hammaga amallariga yarasha to`liq vafo qilur. Chunki, U qilayotgan narsalaridan xabardordir.Албатта, Роббинг ҳаммага амалларига яраша тўлиқ вафо қилур. Чунки, У қилаётган нарсаларидан хабардордир.Alauddin Mansour: Qasamki, albatta barcha xaloyiqqa qilgan amallarining jazosini Parvardigoringiz komil qilib berur. Albatta, U zot ularning qilayotgan amallaridan xabardor — ogohdir.Қасамки, албатта барча халойиққа қилган амалларининг жазосини Парвардигорингиз комил қилиб берур. Албатта, У зот уларнинг қилаётган амалларидан хабардор — огоҳдир.
Avvalgi oyatlarda zikr qilinganidek, ommaviy azob kechiktirilganidan keyin, boshqacha ish tutish kerak boʻladi. Ana shuning uchun ham:
«Albatta, Robbing hammaga amallariga yarasha toʻliq vafo qilur».
Yaʼni, yaxshiga mukofot, yomonga jazo berur. Hech bir narsani kamaytirmas. Bu ish uning uchun juda ham oson.
«Chunki, U qilayotgan narsalaridan xabardordir.»
Alloh banda biror ishni qilayotgan paytdayoq aniq bilib turadi. Shuning uchun ham, ularni qilganiga yarasha mukofot va jazolash qiyin emas. Ish shunday boʻlgach: