QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят118

وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ لَجَعَلَ ٱلنَّاسَ أُمَّةً وَٰحِدَةً ۖ وَلَا يَزَالُونَ مُخْتَلِفِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Robbing xohlasa, odamlarni bir ummat qilardi. Ular ixtilof qilishda bardavom bo`lurlar.Агар Роббинг хоҳласа, одамларни бир уммат қиларди. Улар ихтилоф қилишда бардавом бўлурлар.Alauddin Mansour: Agar Parvardigoringiz xohlaganida, barcha odamlarni bir millat (yaʼni, bir dinga ergashuvchi) qilgan boʻlur edi. (Lekin U zot bunday qilishni istamadi. Shuning uchun) ular (odamlar) mudom ixtilof qilurlar.Агар Парвардигорингиз хоҳлаганида, барча одамларни бир миллат (яъни, бир динга эргашувчи) қилган бўлур эди. (Лекин У зот бундай қилишни истамади. Шунинг учун) улар (одамлар) мудом ихтилоф қилурлар.

235-sahifa · 12-juz · 24-hizb235-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَوْva agarва агарشَآءَxohlasaхоҳласаرَبُّكَRobbingРоббингلَجَعَلَalbatta qilardiалбатта қилардиٱلنَّاسَodamlarniодамларниأُمَّةًۭummatумматوَٰحِدَةًۭ ۖbir (yagona)бир (ягона)وَلَاva emasва эмасيَزَالُونَtoʻxtarlarтўхтарларمُخْتَلِفِينَixtilof qilishdanихтилоф қилишдан
TafsirТафсир

Alloh taolo qudrati va xohishi cheksiz Zotdir. U nimani xohlasa, shuni qiladi. «Boʻl» desa, hamma narsa boʻladi. Agar U xohlasa, hamma odamlarni bir xil qilib yaratishi mumkin edi. Barcha odamlarni moʻmin qilib yaratish Uning uchun hech qanday qiyinchilik tugʻdirmaydi. Shuningdek, hamma odamlarni kofir qilib yaratishi ham mumkin edi. Ha,

«Agar Robbing xohlasa, odamlarni bir ummat qilardi».

Lekin bunday qilmadi. Ularning turli-tuman boʻlishini xohladi. Chunki, Uning Oʻzi borliqda yaratgan hayotning taqozosi–shu. Alloh insonning ushbu turli-tuman sharoitda yashashini, oʻzi ham turlicha boʻlishini xohladi. Oʻsha turli narsalardan yaxshisini tanlab olish ixtiyorini unga berdi. Hamda oʻsha ixtiyor yuzasidan soʻroq- savol qilishni tayin etdi. Odamlar bir xil boʻlmaganlari uchun:

«Ular ixtilof qilishda bardavom boʻlurlar. Robbing rahim qilganlaridan boshqalari».

Chunki, ular turlicha yaratilganlar. Dinda ham ixtilof qiladilar. Magar, Alloh rahim qilganlargina, xilofsiz, Allohning aytganlarida yuradilar.

Ixtilof qilganlar esa, bu yoʻldan yurmaydilar. Shuning uchun:

«Robbingning: «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomiyla toʻldirurman», degan soʻzi batamom boʻldi».

Jahannamni toʻldirish uchun, ixtilof qilganlar yetarlicha topiladi.

Suraning oxirida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob etilib, mazkur qissalarning keltirilishi hikmati bayon qilinadi: