إِلَّا مَن رَّحِمَ رَبُّكَ ۚ وَلِذَٰلِكَ خَلَقَهُمْ ۗ وَتَمَّتْ كَلِمَةُ رَبِّكَ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbing rahim qilganlaridan boshqalari. Ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingning: «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomiyla to`ldirurman», degan so`zi batamom bo`ldi.Роббинг раҳим қилганларидан бошқалари. Уларни шунинг учун яратгандир. Роббингнинг: «Жаҳаннамни, албатта, жинлар ва одамлар билан тамомийла тўлдирурман», деган сўзи батамом бўлди.Alauddin Mansour: Magar Parvardigoringiz rahm qilgan kishilargina (haq yoʻlda ittifoq boʻlib yasharlar). Ularni shuning uchun (yaʼni, birovlari haq yoʻlda hidoyat topishlari, boshqalari nohaq yoʻllarda talashib-tortishib yurishlari uchun) yaratgandir. Parvardigoringizning «Men jahannamni (kofir) jin va kofir odamlarning barchasi bilan toʻldirurmen», degan Soʻzi toʻla haq boʻldi.Магар Парвардигорингиз раҳм қилган кишиларгина (ҳақ йўлда иттифоқ бўлиб яшарлар). Уларни шунинг учун (яъни, бировлари ҳақ йўлда ҳидоят топишлари, бошқалари ноҳақ йўлларда талашиб-тортишиб юришлари учун) яратгандир. Парвардигорингизнинг «Мен жаҳаннамни (кофир) жин ва кофир одамларнинг барчаси билан тўлдирурмен», деган Сўзи тўла ҳақ бўлди.
Alloh taolo qudrati va xohishi cheksiz Zotdir. U nimani xohlasa, shuni qiladi. «Boʻl» desa, hamma narsa boʻladi. Agar U xohlasa, hamma odamlarni bir xil qilib yaratishi mumkin edi. Barcha odamlarni moʻmin qilib yaratish Uning uchun hech qanday qiyinchilik tugʻdirmaydi. Shuningdek, hamma odamlarni kofir qilib yaratishi ham mumkin edi. Ha,
«Agar Robbing xohlasa, odamlarni bir ummat qilardi».
Lekin bunday qilmadi. Ularning turli-tuman boʻlishini xohladi. Chunki, Uning Oʻzi borliqda yaratgan hayotning taqozosi–shu. Alloh insonning ushbu turli-tuman sharoitda yashashini, oʻzi ham turlicha boʻlishini xohladi. Oʻsha turli narsalardan yaxshisini tanlab olish ixtiyorini unga berdi. Hamda oʻsha ixtiyor yuzasidan soʻroq- savol qilishni tayin etdi. Odamlar bir xil boʻlmaganlari uchun:
«Ular ixtilof qilishda bardavom boʻlurlar. Robbing rahim qilganlaridan boshqalari».
Chunki, ular turlicha yaratilganlar. Dinda ham ixtilof qiladilar. Magar, Alloh rahim qilganlargina, xilofsiz, Allohning aytganlarida yuradilar.
Ixtilof qilganlar esa, bu yoʻldan yurmaydilar. Shuning uchun:
«Robbingning: «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomiyla toʻldirurman», degan soʻzi batamom boʻldi».
Jahannamni toʻldirish uchun, ixtilof qilganlar yetarlicha topiladi.
Suraning oxirida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob etilib, mazkur qissalarning keltirilishi hikmati bayon qilinadi: