وَكُلًّا نَّقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلرُّسُلِ مَا نُثَبِّتُ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۚ وَجَآءَكَ فِى هَـٰذِهِ ٱلْحَقُّ وَمَوْعِظَةٌ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz qalbingni sabotli qilish uchun senga Payg`ambarlar xabarining hammasini qissa qilib aytmoqdamiz. Bu(sura)da senga haq va mo`minlarga mav'iza hamda eslatma keldi.Биз қалбингни саботли қилиш учун сенга Пайғамбарлар хабарининг ҳаммасини қисса қилиб айтмоқдамиз. Бу(сура)да сенга ҳақ ва мўминларга мавъиза ҳамда эслатма келди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga paygʻambarlarning xabarlaridan dilingizni mustahkam qiladigan qissalarni soʻylab berurmiz va bu qissalarda sizga haqiqat va pand-nasihat hamda barcha moʻminlar uchun eslatmalar keldi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга пайғамбарларнинг хабарларидан дилингизни мустаҳкам қиладиган қиссаларни сўйлаб берурмиз ва бу қиссаларда сизга ҳақиқат ва панд-насиҳат ҳамда барча мўминлар учун эслатмалар келди.
Bu qissalardan xabardor boʻlganingdan keyin, dinga daʼvat qilishda qalbingga sabot toʻladi. Oʻzingdan oldin oʻtgan Paygʻambarlar ham qiyinchiliklarga duchor boʻlganlarini, ammo sobit turganlari uchun oqibatda najot topganlarini bilib, himmatingga himmat, gʻayratingga gʻayrat qoʻshiladi. Daʼvat yoʻlidagi qiyinchiliklar rohat boʻlib koʻrinadi.
«Bu(sura)da senga haq va moʻminlarga mavʼiza hamda eslatma keldi.»
Bu suradagi hamma narsa haqdir. Moʻminlar uchun esa, mavʼiza hamda eslatmadir. Ular bu surada kelgan qissalardan ibrat oladilar. Undagi bayonlar moʻminlar uchun eslatma boʻladi.