أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّهِۦ وَيَتْلُوهُ شَاهِدٌ مِّنْهُ وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَـٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًا وَرَحْمَةً ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِهِۦ مِنَ ٱلْأَحْزَابِ فَٱلنَّارُ مَوْعِدُهُۥ ۚ فَلَا تَكُ فِى مِرْيَةٍ مِّنْهُ ۚ إِنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z Robbidan aniq hujjatga ega bo`lgan, unga O`sha (Robb)ning O`zidan guvoh ergashgan va u(guvoh)dan oldin Musoning kitobi imom va rahmat holida unga (shohid) bo`lgan kishiga(kufr keltiradilar)mi? Ana o`shalar u(shohid)ga iymon keltirurlar. Guruhlardan kim unga kufr keltirsa, unga va'da qilingan joy jahannamdir. Sen u haqda shak-shubhada bo`lma! Albatta, u Robbingdan kelgan haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar.Ўз Роббидан аниқ ҳужжатга эга бўлган, унга Ўша (Робб)нинг Ўзидан гувоҳ эргашган ва у(гувоҳ)дан олдин Мусонинг китоби имом ва раҳмат ҳолида унга (шоҳид) бўлган кишига(куфр келтирадилар)ми? Ана ўшалар у(шоҳид)га иймон келтирурлар. Гуруҳлардан ким унга куфр келтирса, унга ваъда қилинган жой жаҳаннамдир. Сен у ҳақда шак-шубҳада бўлма! Албатта, у Роббингдан келган ҳақдир. Лекин одамларнинг кўплари иймон келтирмаслар.Alauddin Mansour: Ana endi Parvardigori tomonidan aniq hujjatga (yaʼni, Qurʼonga) ega boʻlgan kishi (faqat hayoti dunyo manfaatlarini koʻzlovchi kimsalar bilan barobarmi?!) Holbuki, Alloh tomonidan boʻlgan shohid (yaʼni, Jabroil farishta) uning (Muhammad alayhis-salotu vas-salomning) hamrohidir va undan (yaʼni, aniq hujjat boʻlgan Qurʼondan) ilgari (Bani Isroil uchun kelgan) peshvo va (Allohning) marhamati boʻlgan Musoning Kitobi (Tavrot) bordir. Ana oʻsha zotlar (yaʼni, aniq hujjat egalari) unga (Qurʼonga) iymon keltirurlar. Barcha guruhlar orasidan kim u Qurʼonga kofir boʻlsa, unga vaʼda qilingan joy — doʻzaxdir. Bas (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, siz u haqda shak-shubhaga tushmang! Albatta, u Parvardigoringiz tomonidan kelgan Haqiqatdir. Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaydilar.Ана энди Парвардигори томонидан аниқ ҳужжатга (яъни, Қуръонга) эга бўлган киши (фақат ҳаёти дунё манфаатларини кўзловчи кимсалар билан баробарми?!) Ҳолбуки, Аллоҳ томонидан бўлган шоҳид (яъни, Жаброил фаришта) унинг (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг) ҳамроҳидир ва ундан (яъни, аниқ ҳужжат бўлган Қуръондан) илгари (Бани Исроил учун келган) пешво ва (Аллоҳнинг) марҳамати бўлган Мусонинг Китоби (Таврот) бордир. Ана ўша зотлар (яъни, аниқ ҳужжат эгалари) унга (Қуръонга) иймон келтирурлар. Барча гуруҳлар орасидан ким у Қуръонга кофир бўлса, унга ваъда қилинган жой — дўзахдир. Бас (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, сиз у ҳақда шак-шубҳага тушманг! Албатта, у Парвардигорингиз томонидан келган Ҳақиқатдир. Лекин одамларнинг кўплари иймон келтирмайдилар.
Oyati karimaning birinchi qismida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning haqligiga koʻplab dalillar, hujjatlar, guvohlar boʻlsa ham, kishilarning iymon keltirmay, inkor qilayotganiga raddiya bildirilmoqda.
«Oʻz Robbidan aniq hujjatga ega boʻlgan...»
Yaʼni, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklari oʻz shaxslarida ochiq-oydin bilingandir, bunda hech qanday shubhaga oʻrin yoʻq. Buning ustiga, u kishining Paygʻambarliklarini yanada kuchliroq tasdiqlash uchun:
«unga oʻsha(Robb)ning Oʻzidan guvoh ergashgan...»
Yaʼni, u zotni Paygʻambarlikka tanlab olgan oʻsha Robbning Oʻzi Muhammad alayhissalomning Paygʻambarliklarini tasdiqlash uchun guvoh sifatida hamroh qilib Qurʼonni yuborgandir.
«...va u(guvoh)dan oldin Musoning kitobi imom va rahmat holida unga (shohid) boʻlgan kishiga...»
Yaʼni, Qurʼoni Karimdan oldin Muso alayhissalomning kitobi Tavrot ham imom va rahmat boʻlgan holida Muhammad sollallohu alayhi vasallamning oxirzamon Paygʻambari boʻlishlariga guvoh boʻlgan edi. Ana shunday kishiga kufr keltiradilarmi?!
Oyatning davomida esa, Qurʼonga iymon keltirganlar va aksincha, kofir boʻlganlarning bayoni kelyapti:
«Ana oʻshalar u(shohid)ga iymon keltirurlar».
Yaʼni, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam va moʻminlar Qurʼonga iymon keltiradilar.
«Guruhlardan kim unga kufr keltirsa, unga vaʼda qilingan joy jahannamdir.»
Qurʼonga iymon keltirmasdan jannatga kirishni hech kim xayoliga ham keltirmasin. Ey Paygʻambar:
«Sen u haqda shak-shubhada boʻlma!»
Albatta, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech qachon Qurʼoni Karimning haq ekanligiga shak-shubha qilmaganlar. Ammo bu soʻzlar oʻsha davrdagi ogʻir holatni yengillatish uchun aytilmoqda. Chunki u paytda odamlar Islomga qarshilik qilib, daʼvat ishlari yurishmay turib qolgan edi. Alloh taolo Paygʻambariga va oz sonli moʻmin bandalariga tasalli berib, bu holatdan hayron boʻlmasliklarini uqtirmoqda. Nimaga Qurʼon ishi toʻxtab qoldi, deb oʻylama, Alloh xohlagan vaqtida yurishib ketadi. Chunki:
«Albatta, u Robbingdan kelgan haqdir».
Robbdan kelgan haq esa, yuzaga chiqmay qolmaydi.
«Lekin odamlarning koʻplari iymon keltirmaslar.»
Ana oʻshalar Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan zolimlardir.