وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ يُعْرَضُونَ عَلَىٰ رَبِّهِمْ وَيَقُولُ ٱلْأَشْهَـٰدُ هَـٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ أَلَا لَعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ana o`shalar Robbilariga ro`baro` qilinurlar va guvohlar: «Anavilar Robbilari sha'niga yolg`on gapirganlardir. Ogoh bo`lingkim, Allohning la'nati zolimlargadir», derlar.Аллоҳга нисбатан ёлғон тўқиган кимсадан ҳам золимроқ одам борми? Ана ўшалар Роббиларига рўбарў қилинурлар ва гувоҳлар: «Анавилар Роббилари шаънига ёлғон гапирганлардир. Огоҳ бўлингким, Аллоҳнинг лаънати золимларгадир», дерлар.Alauddin Mansour: Alloh shaʼniga yolgʻon toʻqigan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Unday kimsalar (Qiyomat Kunida) Parvardigorlariga roʻbaroʻ qilinurlar va barcha guvoh: «Mana shular Parvardigor shaʼniga yolgʻon soʻzlarini soʻzlaganlar», deydilar. Ogoh boʻlingizkim, bunday zolimlarga Allohning laʼnati boʻlur.Аллоҳ шаънига ёлғон тўқиган кимсадан ҳам золимроқ ким бор?! Ундай кимсалар (Қиёмат Кунида) Парвардигорларига рўбарў қилинурлар ва барча гувоҳ: «Мана шулар Парвардигор шаънига ёлғон сўзларини сўзлаганлар», дейдилар. Огоҳ бўлингизким, бундай золимларга Аллоҳнинг лаънати бўлур.
Aslini olganda, yolgʻon katta gunoh. Endi, oʻsha yolgʻon ulugʻ zotning–Alloh taoloning shaʼniga aytilsa, yana ham katta gunoh boʻladi. Unday ishni qilgan kishilar zolimlarning zolimi boʻladi.
«Allohga nisbatan yolgʻon toʻqigan kimsadan ham zolimroq odam bormi?»
Bunday zulmni qilgan odamlar tek qoʻyilmaydi. Albatta, qiyomat kunida:
«Ana oʻshalar Robbilariga roʻbaroʻ qilinurlar va guvohlar: «Anavilar Robbilari shaʼniga yolgʻon gapirganlardir. Ogoh boʻlingkim, Allohning laʼnati zolimlargadir», derlar».
Qiyomat kuni xaloyiq mahsharga toʻplanganida, ular hammaning ichida sharmanda boʻladilar. Guvohlar xaloyiqning ichidan ularni alohida ajratib koʻrsatadilar, hammasi oshkor etilib, sharmanda boʻladilar.
Imom Buxoriy va imom Muslim Qatoda roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Safvon ibn Maqriz shunday deydilar: «Ibn Umarning qoʻlidan ushlab ketayotgan edim. Bir odam yoʻlni toʻsib chiqdi-da:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qiyomat kunida pichirlashish haqida qanday hadis eshitding?» deb soʻradi. Ibn Umar:
«Ul zotning shunday deganlarini eshitdim», deb javob qildilar: «Alloh azza va jalla moʻminni oʻziga yaqinlashtirib, uni qoʻltigʻiga olib, odamlardan toʻsib, gunohlariga iqror qildiradi. Unga «Manavi gunohni bilasanmi? Bunisini-chi? Mana bunisini-chi?» deydi. U banda gunohlariga iqror boʻlib, halokatga uchraganini tan olib turganida, Alloh taolo: «Men u dunyoda bularni satr qilgan (berkitgan) edim, endi esa, magʻfirat qilaman», deydi va hasanotlari kitobini beradi. Ammo kofir va munofiqlarga boʻlsa, bunday deydi: «guvohlar: «Anavilar Robbilari shaʼniga yolgʻon gapirganlardir. Ogoh boʻlingkim, Allohning laʼnati zolimlargadir», derlar».
Ushbu oyatdagi «guvohlar»dan murod farishtalar, Paygʻambarlar va moʻminlardir.
Keyingi oyatda oʻsha zolimlarning vasfi keladi: