QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят19

ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ كَـٰفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Allohning yo`lidan to`sarlar va uning egri bo`lishini xohlarlar hamda ular oxiratga kufr keltiruvchi kimsalardir.Улар Аллоҳнинг йўлидан тўсарлар ва унинг эгри бўлишини хоҳларлар ҳамда улар охиратга куфр келтирувчи кимсалардир.Alauddin Mansour: U zolim kimsalar (odamlarni) Allohning yoʻlidan toʻsib, uni (Allohning yoʻlini) buzmoqchi boʻladilar. Ular Oxiratni butunlay inkor etadilar.У золим кимсалар (одамларни) Аллоҳнинг йўлидан тўсиб, уни (Аллоҳнинг йўлини) бузмоқчи бўладилар. Улар Охиратни бутунлай инкор этадилар.

223-sahifa · 12-juz · 23-hizb223-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَular (oʻshalarki)улар (ўшаларки)يَصُدُّونَtoʻsarlarтўсарларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَيَبْغُونَهَاva uni xohlarlarва уни хоҳларларعِوَجًۭاegri (boʻlishini)эгри (бўлишини)وَهُمva ularва уларبِٱلْـَٔاخِرَةِoxiratgaохиратгаهُمْularуларكَـٰفِرُونَkufr keltiruvchilardirкуфр келтирувчилардир
TafsirТафсир

Aslida, bandalik burchi Allohga iymon keltirib, Uning koʻrsatgan yoʻlidan yurmoqlik edi. Ammo bular zulmkor boʻldilar, oʻzlarining iymon keltirmaganlari yetmaganidek, boshqalarni ham:

«Allohning yoʻlidan toʻsarlar va uning egri boʻlishini xohlarlar».

Bu esa, zulm ustiga zulmdir. Bugungi kofirlarning ishi ham xuddi shu. Odamlarni nima qilib boʻlsa-da Allohning yoʻlidan toʻsadilar. Hatto, ular, oʻz egri tabiat va xohishlari ila, Allohning yoʻli ham egri boʻlishini istaydilar.

Shunday iymonsizlik zulmdir. Qayerda iymonsizlik boʻlsa, oʻsha yerda zulm hukm suradi.

Shuningdek, iymonsizlik egrilikdir. Qayerda iymonsizlik boʻlsa, u yerda albatta egrilik boʻladi. Chunki:

«...ular oxiratga kufr keltiruvchi kimsalardir».