أُو۟لَـٰٓئِكَ لَمْ يَكُونُوا۟ مُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كَانَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنْ أَوْلِيَآءَ ۘ يُضَـٰعَفُ لَهُمُ ٱلْعَذَابُ ۚ مَا كَانُوا۟ يَسْتَطِيعُونَ ٱلسَّمْعَ وَمَا كَانُوا۟ يُبْصِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar yer yuzida qochib qutuluvchi bo`la olmadilar, ularga Allohdan o`zga do`st ham bo`lmadi, azob bir necha barobar qilinur. Ular eshitishga qodir bo`la olmadilar va ko`ra olmadilar ham.Ана ўшалар ер юзида қочиб қутулувчи бўла олмадилар, уларга Аллоҳдан ўзга дўст ҳам бўлмади, азоб бир неча баробар қилинур. Улар эшитишга қодир бўла олмадилар ва кўра олмадилар ҳам.Alauddin Mansour: Unday kimsalar Yer yuzida (hech qayerga) qochib qutulolmas va ular uchun Allohdan oʻzga doʻstlar-yordamchilar ham boʻlmas. Ularga azob bir necha barobar qilinur. (Garchi ularga Haqni eshitib, koʻrishlari uchun quloq, koʻz berilgan boʻlsa-da), eshitguvchi ham, koʻrguvchi ham boʻlmadilar.Ундай кимсалар Ер юзида (ҳеч қаерга) қочиб қутулолмас ва улар учун Аллоҳдан ўзга дўстлар-ёрдамчилар ҳам бўлмас. Уларга азоб бир неча баробар қилинур. (Гарчи уларга Ҳақни эшитиб, кўришлари учун қулоқ, кўз берилган бўлса-да), эшитгувчи ҳам, кўргувчи ҳам бўлмадилар.
Kufr keltirib, nimaga erishdilar? Hech narsa qilolganlari yoʻq. Hatto: «yer yuzida qochib qutuluvchi boʻla olmadilar.» Qochib qayerga ham borar edilar. Alloh taolo ularni qayerda boʻlsalar ham, baribir jazolaydi. «...ularga Allohdan oʻzga doʻst ham boʻlmadi.» Ular Allohga kufr keltirib, Uni oʻz ixtiyorlari bilan tark etgan edilar. Ammo Allohdan oʻzga hech kim ularga doʻst ham boʻlmadi, yordam ham bermadi, himoya ham qilmadi. Endi esa, qiyomatda ularga: «azob bir necha barobar qilinur». Chunki ular bu dunyoda yashagan chogʻlarida beparvo boʻldilar: «Eshitishga qodir boʻla olmadilar va koʻra olmadilar ham». Eshitganda ibrat qulogʻi-la tinglab, foyda olmadilar. Koʻrganda ibrat koʻzi-la koʻrib, iymonga kelmadilar.