أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar o`zlariga ziyon qilganlardir va to`qigan narsalari ulardan g`oyib bo`ldi.Ана ўшалар ўзларига зиён қилганлардир ва тўқиган нарсалари улардан ғойиб бўлди.Alauddin Mansour: Ular oʻzlariga ziyon qilgan kimsalardir. Oʻzlari toʻqib olgan butlari esa (biron foyda bermay) ulardan gʻoyib boʻldi.Улар ўзларига зиён қилган кимсалардир. Ўзлари тўқиб олган бутлари эса (бирон фойда бермай) улардан ғойиб бўлди.
Kufr va shirklari tufayli shunaqa holga tushganlar oʻzlariga ziyon qilganlar boʻlmay, kim boʻlsin?! Ular iymonga, Islomga daʼvat qilinsa, oʻzlaricha yurmadilar. Kufr va shirkda turib oldilar. Ularni hech kim kofir boʻlishga majbur qilgani yoʻq. Oʻzlariga oʻzlari ziyon qildilar. Oxiri kelib, toʻqib olgan narsalari gʻoyib boʻldi, yoʻqoldi. Endi esa: