QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят24

۞ مَثَلُ ٱلْفَرِيقَيْنِ كَٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْأَصَمِّ وَٱلْبَصِيرِ وَٱلسَّمِيعِ ۚ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu ikki guruhning misoli xuddi karu ko`r hamda eshituvchi va ko`ruvchiga o`xshaydir. Ular bir-birlariga barobar bo`la oladilarmi? Ibrat olmaysizlarmi?Бу икки гуруҳнинг мисоли худди кару кўр ҳамда эшитувчи ва кўрувчига ўхшайдир. Улар бир-бирларига баробар бўла оладиларми? Ибрат олмайсизларми?Alauddin Mansour: Bu ikki guruhning (yaʼni, kofirlar bilan moʻminlar guruhining) misoli, xuddi koʻru kar bilan koʻrguvchi va eshitguvchining misolidir. Shu ikkalasi bir-biriga barobar boʻlurmi?! Ibrat olmaysizlarmi?!Бу икки гуруҳнинг (яъни, кофирлар билан мўминлар гуруҳининг) мисоли, худди кўру кар билан кўргувчи ва эшитгувчининг мисолидир. Шу иккаласи бир-бирига баробар бўлурми?! Ибрат олмайсизларми?!

224-sahifa · 12-juz · 23-hizb224-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ مَثَلُmisoliмисолиٱلْفَرِيقَيْنِikki guruhningикки гуруҳнингكَٱلْأَعْمَىٰkoʻrga oʻxshaydirкўрга ўхшайдирوَٱلْأَصَمِّva kargaва каргаوَٱلْبَصِيرِva koʻruvchigaва кўрувчигаوَٱلسَّمِيعِ ۚva eshituvchigaва эшитувчигаهَلْ-mi-миيَسْتَوِيَانِikkisi barobar boʻladilarиккиси баробар бўладиларمَثَلًا ۚmisoldaмисолдаأَفَلَاaxir, emasmiахир, эмасмиتَذَكَّرُونَibrat olasizlarибрат оласизлар
TafsirТафсир

Kofir bilan moʻminning orasida yer bilan osmoncha farq bor. Kofir koʻr va kar odamga oʻxshaydi. Moʻmin esa, koʻzi, qulogʻi butun, ham koʻrib, ham eshitadigan odam kabidir.

«Ular bir-birlariga barobar boʻla oladilarmi?»

Albatta, yoʻq. Kufri tufayli qalb koʻzi koʻr, ibrat qulogʻi kar boʻlib qolgan kofir bu dunyoning haqiqatini koʻrolmaydi, eshitolmaydi. Hammayoqqa urilib, turtilib-surtilib yuradi. Iymoni sababli qalb koʻzi va ibrat qulogʻi ochiq boʻlgan moʻmin esa, hamma narsani koʻrib, eshitib, yaxshi yoʻlni tanlab, toʻgʻri va shahdam yuradi.

«Ibrat olmaysizlarmi?!»