فَقَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ مَا نَرَىٰكَ إِلَّا بَشَرًا مِّثْلَنَا وَمَا نَرَىٰكَ ٱتَّبَعَكَ إِلَّا ٱلَّذِينَ هُمْ أَرَاذِلُنَا بَادِىَ ٱلرَّأْىِ وَمَا نَرَىٰ لَكُمْ عَلَيْنَا مِن فَضْلٍۭ بَلْ نَظُنُّكُمْ كَـٰذِبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Biz sening ham faqat o`zimizga o`xshagan odam ekaningni ko`ryapmiz, senga ichimizdan esi past pastkashlarimizgina ergashayotganini ko`ryapmiz, sizlarning bizdan ustun fazlingizni ko`rmayapmiz, balki sizlarni yolg`onchi deb o`ylayapmiz», dedilar.Унинг қавмидан куфр келтирган зодагонлар: «Биз сенинг ҳам фақат ўзимизга ўхшаган одам эканингни кўряпмиз, сенга ичимиздан эси паст пасткашларимизгина эргашаётганини кўряпмиз, сизларнинг биздан устун фазлингизни кўрмаяпмиз, балки сизларни ёлғончи деб ўйлаяпмиз», дедилар.Alauddin Mansour: Shunda uning qavmi orasidagi kofir boʻlgan kimsalar: «Bizlar seni xuddi oʻzimizga oʻxshagan odam, deb bilamiz va senga faqat ichimizdagi pastkash (yalangoyoq) kimsalar oʻylamasdan ergashganini koʻrmoqdamiz. Bizningcha, sizlarning bizdan biron ortiqchalik joyingiz yoʻq, balki biz sizlarni yolgʻonchi deb oʻylamoqdamiz», dedilar.Шунда унинг қавми орасидаги кофир бўлган кимсалар: «Бизлар сени худди ўзимизга ўхшаган одам, деб биламиз ва сенга фақат ичимиздаги пасткаш (ялангоёқ) кимсалар ўйламасдан эргашганини кўрмоқдамиз. Бизнингча, сизларнинг биздан бирон ортиқчалик жойингиз йўқ, балки биз сизларни ёлғончи деб ўйламоқдамиз», дедилар.
Nuh alayhissalomning gaplariga qavm nomidan ularning korchalonlari, ogʻzi botir zodagon boshliqlari javob berdi. Diqqat bilan razm solsak, ularning javoblari barcha kofir, sarkash qavmlarning oʻzlariga kelgan Paygʻambarlarga bergan javoblariga oʻxshashini koʻramiz:
«Biz sening ham faqat oʻzimizga oʻxshagan odam ekaningni koʻryapmiz».
Ularning fikricha, Paygʻambar odam boʻlmasligi kerak. Farishta boʻlsa, ishonishlari mumkin emish, yoki Paygʻambar bosh- qa bir maxluq boʻlishi kerak ekan. Bunaqa gaplarni qurayshliklar ham Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga aytganlar.
Nuh alayhissalomning qavmi oʻz gapida davom etib, yana quyidagilarni aytdi:
«Senga ichimizdan esi past pastkashlarimizgina ergashayotganini koʻryapmiz».
Ularning fikricha, kambagʻal kishilar pastkash va aqli oz hisoblanadi. Shuning uchun kambagʻal boʻlib qolgan, deyishadi. Oʻsha kambagʻallar aralashgan har bir ishga «xosiyatsiz ish» deb qarashadi. Aslida esa, kambagʻallarning qalbini boylik, ayshu ishrat va mutakabbirlik buzmagani uchun, ular ilohiy daʼvatlarga tez javob beradilar. Buni boy-zodagonlar tamoman teskari tushunadilar.
«Sizlarning bizdan ustun fazlingizni koʻrmayapmiz.»
Ular bu borada ham oʻzlarining notoʻgʻri oʻlchovlarini ishga soladilar. Ularning oʻlchovida fazl molu dunyo bilan belgilanadi. Molu dunyosi yoʻq fazilatsiz hisoblanadi. Paygʻambar va unga ergashgan moʻminlarning moli ularnikidan oz boʻlganligi iymonga kelmasliklariga bahona boʻladi.
«Balki sizlarni yolgʻonchi deb oʻylayapmiz», dedilar.»
Bu tuhmatni Nuh alayhissalom zamonlaridan beri boshqa Paygʻambarlarga ham aytib kelmoqdalar.
Qavmining kofir zodagonlaridan bu javobni eshitgach, Nuh alayhissalom qalbi kenglik va muloyimlik bilan ularga quyidagilarni aytdilar: