QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят28

قَالَ يَـٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَءَاتَىٰنِى رَحْمَةً مِّنْ عِندِهِۦ فَعُمِّيَتْ عَلَيْكُمْ أَنُلْزِمُكُمُوهَا وَأَنتُمْ لَهَا كَـٰرِهُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey qavmim, ayting-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lgan bo`lsam va U menga O`z huzuridan rahmat bergan bo`lsa-yu, sizga maxfiy qolgan bo`lsa, uni sizga, agar yoqtirmasangiz ham, majburlaymizmi?!» dedi.У: «Эй қавмим, айтинг-чи, агар мен Роббимдан аниқ ҳужжатга эга бўлган бўлсам ва У менга Ўз ҳузуридан раҳмат берган бўлса-ю, сизга махфий қолган бўлса, уни сизга, агар ёқтирмасангиз ҳам, мажбурлаймизми?!» деди.Alauddin Mansour: U dedi: «Ey qavmim, xabar beringiz-chi, agar men Parvardigorim tomonidan aniq hujjatga ega boʻlsam va U zot menga Oʻz dargohidan rahmat — paygʻambarlikni ato etgan boʻlsa-yu, ammo bu sizlarga maxfiy boʻlsa, biz sizlarni oʻzingiz istamagan holda (iymon keltirishga) majbur qilamizmi?!» (Yoʻq, unday qilmaymiz, chunki faqat oʻz ixtiyorlaringiz bilan keltirgan iymonlaringizgina maqbuldir).У деди: «Эй қавмим, хабар берингиз-чи, агар мен Парвардигорим томонидан аниқ ҳужжатга эга бўлсам ва У зот менга Ўз даргоҳидан раҳмат — пайғамбарликни ато этган бўлса-ю, аммо бу сизларга махфий бўлса, биз сизларни ўзингиз истамаган ҳолда (иймон келтиришга) мажбур қиламизми?!» (Йўқ, ундай қилмаймиз, чунки фақат ўз ихтиёрларингиз билан келтирган иймонларингизгина мақбулдир).

224-sahifa · 12-juz · 23-hizb224-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиيَـٰقَوْمِey qavmimэй қавмимأَرَءَيْتُمْayting-chiайтинг-чиإِنagarагарكُنتُmen boʻlsamмен бўлсамعَلَىٰ-da-даبَيِّنَةٍۢaniq hujjatаниқ ҳужжатمِّن-dan-данرَّبِّىRobbimРоббимوَءَاتَىٰنِىva U menga bergan boʻlsaва У менга берган бўлсаرَحْمَةًۭrahmatраҳматمِّنْ-dan-данعِندِهِۦOʻz huzuriЎз ҳузуриفَعُمِّيَتْbas, maxfiy qolgan boʻlsaбас, махфий қолган бўлсаعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаأَنُلْزِمُكُمُوهَاuni sizlarga majburlaymizmiуни сизларга мажбурлаймизмиوَأَنتُمْva sizlarва сизларلَهَاuniуниكَـٰرِهُونَyoqtirmasangiz hamёқтирмасангиз ҳам
TafsirТафсир

Nuh alayhissalom ularga nisbatan qoʻpol iboralarni ishlatmadilar. Balki, muloyimlik bilan:

«Ey qavmim», deya murojaat qildilar va ularni bir oz oʻylantiradigan gaplarni aytdilar.

«...ayting-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega boʻlgan boʻlsam...»

Yaʼni, Paygʻambar ekanimning tasdigʻi uchun menda ochiq-oydin, ishonchli hujjatim boʻlsa

«va U menga Oʻz huzuridan rahmat bergan boʻlsa-yu...»

Meni Paygʻambarlikka tanlab olib, rahmat bergan boʻlsa-yu, bu narsa

«sizga maxfiy qolgan boʻlsa...»

Siz buni bilmay qolgan boʻlsangiz, bu turgan gap, chunki sizda buni bilishga ham, anglashga ham qobiliyat va tayyorgarlik yoʻq, unda nima boʻladi?

«..uni sizga, agar yoqtirmasangiz ham, majburlaymizmi?!»

Aqiyda bobida majburlash yoʻq, qahr va kuch ishlatish ham mumkin emas.