QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят29

وَيَـٰقَوْمِ لَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مَالًا ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَمَآ أَنَا۠ بِطَارِدِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ۚ إِنَّهُم مُّلَـٰقُوا۟ رَبِّهِمْ وَلَـٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Ey qavmim, bu (da'vatim) uchun sizdan mol so`ramasman. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman. Albatta, ular Robbilariga ro`baro` bo`luvchilardir. Ammo men sizlarning johil qavm ekaningizni ko`rmoqdaman.«Эй қавмим, бу (даъватим) учун сиздан мол сўрамасман. Менинг ажрим фақат Аллоҳнинг зиммасида. Мен иймон келтирганларни қувловчи эмасман. Албатта, улар Роббиларига рўбарў бўлувчилардир. Аммо мен сизларнинг жоҳил қавм эканингизни кўрмоқдаман.Alauddin Mansour: «Ey qavmim, men sizlardan bu (daʼvatim) uchun mol-dunyo soʻramayman. Mening ajr-mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Va men (sizning soʻzingizga kirib) iymon keltirgan kishilarni (huzurimdan) quvmayman ham. Chunki ular Parvardigorga roʻbaroʻ boʻlguvchidirlar (bas, agar kambagʻal boʻlganlari uchun ularni huzurimdan haydasam, albatta, Qiyomat Kunida Parvardigorga ustimdan shikoyat qilurlar). Lekin men sizlarning nodon qavm ekanligingizni koʻrmoqdaman».«Эй қавмим, мен сизлардан бу (даъватим) учун мол-дунё сўрамайман. Менинг ажр-мукофотим фақат Аллоҳнинг зиммасидадир. Ва мен (сизнинг сўзингизга кириб) иймон келтирган кишиларни (ҳузуримдан) қувмайман ҳам. Чунки улар Парвардигорга рўбарў бўлгувчидирлар (бас, агар камбағал бўлганлари учун уларни ҳузуримдан ҳайдасам, албатта, Қиёмат Кунида Парвардигорга устимдан шикоят қилурлар). Лекин мен сизларнинг нодон қавм эканлигингизни кўрмоқдаман».

225-sahifa · 12-juz · 23-hizb225-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَـٰقَوْمِva ey qavmimва эй қавмимلَآemasэмасأَسْـَٔلُكُمْsizdan soʻraymanсиздан сўрайманعَلَيْهِbu (daʼvat) uchunбу (даъват) учунمَالًا ۖmolмолإِنْemasэмасأَجْرِىَmening ajrimменинг ажримإِلَّاfaqatфақатعَلَىzimmasidaзиммасидаٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَمَآva emasва эмасأَنَا۠menменبِطَارِدِquvlovchiқувловчиٱلَّذِينَoʻshalarniўшаларниءَامَنُوٓا۟ ۚiymon keltirganlarniиймон келтирганларниإِنَّهُمalbatta, ularалбатта, уларمُّلَـٰقُوا۟roʻbaroʻ boʻluvchilardirрўбарў бўлувчилардирرَبِّهِمْRobbilarigaРоббиларигаوَلَـٰكِنِّىٓammo menаммо менأَرَىٰكُمْsizlarni koʻrmoqdamanсизларни кўрмоқдаманقَوْمًۭاqavmқавмتَجْهَلُونَjohillik qiladiganжоҳиллик қиладиган
TafsirТафсир

Ey qavmim, mening siz uchun kuyunayotganimni oʻzingizcha har xil tushunmang. Men sizlarning iymonli boʻlib, saodatga erishishingizni istayman, xolos. Men:

«bu (daʼvatim) uchun sizdan mol soʻramasman».

Menga dunyoning keragi yoʻq.

«Mening ajrim faqat Allohning zimmasida.»

Ajrni Alloh beradi, siz bermaysiz, xavotirlanmang. Senga pastkashlargina ergashayotganini koʻryapmiz, deganingiz uchun, sizlarga yoqish maqsadida yoki sizlarni rozi qilish uchun:

«Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman».

Men uchun boy-kambagʻal baribir, muhimi, iymon keltirish. Hamma gap iymonda. Shuningdek, ular men uchun iymon keltirgan emaslar, ularning iymon keltirishlari Allohga bogʻliq:

«Albatta, ular Robbilariga roʻbaroʻ boʻluvchilardir».

Unga roʻbaroʻ boʻlganda sharmanda boʻlmaylik deb, iymon keltirishgan.

«Ammo men sizlarning johil qavm ekaningizni koʻrmoqdaman.»

Qadr-qiymatni iymon bilan emas, pul-mol bilan oʻlchab yuribsiz. Odamlar albatta Robbilariga roʻbaroʻ kelishlarini anglamay, johillik qilmoqdasiz.