QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят30

وَيَـٰقَوْمِ مَن يَنصُرُنِى مِنَ ٱللَّهِ إِن طَرَدتُّهُمْ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey qavmim, agar ularni quvsam, kim menga Alloh(azobi)dan (qutulishga) yordam beradi? O`ylab ko`rmaysizlarmi?Эй қавмим, агар уларни қувсам, ким менга Аллоҳ(азоби)дан (қутулишга) ёрдам беради? Ўйлаб кўрмайсизларми?Alauddin Mansour: «Ey qavmim, agar men ularni haydasam, kim menga Allohdan (yaʼni, Allohning azobidan) yordam-najot berur? Oʻylab koʻrmaysizlarmi?!»«Эй қавмим, агар мен уларни ҳайдасам, ким менга Аллоҳдан (яъни, Аллоҳнинг азобидан) ёрдам-нажот берур? Ўйлаб кўрмайсизларми?!»

225-sahifa · 12-juz · 23-hizb225-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَـٰقَوْمِva ey qavmimва эй қавмимمَنkimкимيَنصُرُنِىmenga yordam beradiменга ёрдам берадиمِنَ-dan-данٱللَّهِAlloh (azobi)Аллоҳ (азоби)إِنagarагарطَرَدتُّهُمْ ۚularni quvsamуларни қувсамأَفَلَاaxir, emasmiахир, эмасмиتَذَكَّرُونَoʻylab koʻrasizlarўйлаб кўрасизлар
TafsirТафсир

Agar men Paygʻambar boʻla turib, moʻminlarni quvsam, Allohning azobiga duchor boʻlaman-ku! Unda kim menga Allohning azobidan qutulishga yordam beradi? Hech kim. Buni oʻylab koʻrmaysizlarmi?