QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят31

وَلَآ أَقُولُ لَكُمْ عِندِى خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَلَآ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ وَلَآ أَقُولُ إِنِّى مَلَكٌ وَلَآ أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزْدَرِىٓ أَعْيُنُكُمْ لَن يُؤْتِيَهُمُ ٱللَّهُ خَيْرًا ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا فِىٓ أَنفُسِهِمْ ۖ إِنِّىٓ إِذًا لَّمِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», demasman. Faybni ham bilmasman. «Men farishtaman», demasman. «Ko`zingizga haqir ko`rinayotganlarga Alloh hargiz yaxshilik bermas», demasman. Ularning dillarida nima borligini Alloh yaxshi biladir. Aks holda, men, albatta, zolimlardan bo`lib qolurman», dedi.Мен сизларга: «Ҳузуримда Аллоҳнинг хазиналари бор», демасман. Fайбни ҳам билмасман. «Мен фариштаман», демасман. «Кўзингизга ҳақир кўринаётганларга Аллоҳ ҳаргиз яхшилик бермас», демасман. Уларнинг дилларида нима борлигини Аллоҳ яхши биладир. Акс ҳолда, мен, албатта, золимлардан бўлиб қолурман», деди.Alauddin Mansour: «Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», demayman. Gʻaybni (koʻzdan pinhon narsa va hodisalarni) ham bilmayman. «Men farishtaman», ham demayman. Shuningdek, sizlar oʻzingizcha haqorat qilayotgan kishilar haqida: «Alloh ularga hech qanday yaxshilik bermaydi», deb aytmayman. Ularning dillaridagi narsani (ixlos-iymonni) Alloh juda yaxshi bilur. Aks holda (yaʼni, agar ular toʻgʻrisida yuqoridagi soʻzlarni aytadigan boʻlsam), men albatta zolimlardan boʻlib qolurman».«Мен сизларга: «Ҳузуримда Аллоҳнинг хазиналари бор», демайман. Ғайбни (кўздан пинҳон нарса ва ҳодисаларни) ҳам билмайман. «Мен фариштаман», ҳам демайман. Шунингдек, сизлар ўзингизча ҳақорат қилаётган кишилар ҳақида: «Аллоҳ уларга ҳеч қандай яхшилик бермайди», деб айтмайман. Уларнинг дилларидаги нарсани (ихлос-иймонни) Аллоҳ жуда яхши билур. Акс ҳолда (яъни, агар улар тўғрисида юқоридаги сўзларни айтадиган бўлсам), мен албатта золимлардан бўлиб қолурман».

225-sahifa · 12-juz · 23-hizb225-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَآva emasва эмасأَقُولُaytamanайтаманلَكُمْsizlargaсизларгаعِندِىhuzurimdaҳузуримдаخَزَآئِنُxazinalariхазиналариٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَلَآva emasва эмасأَعْلَمُbilamanбиламанٱلْغَيْبَgʻaybniғайбниوَلَآva emasва эмасأَقُولُaytamanайтаманإِنِّىalbatta, menалбатта, менمَلَكٌۭfarishtamanфариштаманوَلَآva emasва эмасأَقُولُaytamanайтаманلِلَّذِينَoʻshalar haqidaўшалар ҳақидаتَزْدَرِىٓhaqir koʻradiganҳақир кўрадиганأَعْيُنُكُمْkoʻzingizкўзингизلَنhargiz emasҳаргиз эмасيُؤْتِيَهُمُularga beradiуларга берадиٱللَّهُAllohАллоҳخَيْرًا ۖyaxshilikяхшиликٱللَّهُAllohАллоҳأَعْلَمُyaxshi biladiяхши биладиبِمَاnima borliginiнима борлигиниفِىٓ-da-даأَنفُسِهِمْ ۖdillariдиллариإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менإِذًۭاu holdaу ҳолдаلَّمِنَalbatta, -dan boʻlamanалбатта, -дан бўламанٱلظَّـٰلِمِينَzolimlarзолимлар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Nuh alayhissalomning oʻz shaxslari va Paygʻambarliklari xususiyatlarini qavmlariga qanday vasf qilib berganlari bayon qilinmoqda. «Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», demasman.» Shuning uchun, sizga molu dunyo va boylik bera olmayman. Buni oldindan bilib qoʻyinglar. «Faybni ham bilmasman.» Bu mening vazifam ham emas. Faybni bilish faqat Allohga xos ish. «Men farishtaman», demasman.» Men oddiy insonman. «Koʻzingizga haqir koʻrinayotganlarga Alloh hargiz yaxshilik bermas», demasman.» Chunki, kimga yaxshilik berishni, kimga bermaslikni Allohning Oʻzi biladi: «Ularning dillarida nima borligini Alloh yaxshi biladir». Men esa, sirtdan baho beraveraman. «Aks holda...» Yaʼni, mazkur narsalardan birortasini daʼvo qilsam, «men, albatta, zolimlardan boʻlib qolurman», dedi». Chunki, haqiqatga qarshi chiqqan boʻlaman, demoqchilar. Odatda, johil odamlar dindan, Paygʻambarlardan, qolaversa, daʼvatchilardan gʻayrioddiy narsalarni kutadilar. Nuh alayhissalom hammasini ochiq aytib qoʻyishlaridan oʻrnak olib, daʼvatchilar ham hammasini ochiq-oydin aytib yurishlari foydalidir. Nuh alayhissalomning muloyimlik bilan aytgan bu gaplariga beodoblarcha, qoʻpol muomala qilindi.