QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят34

وَلَا يَنفَعُكُمْ نُصْحِىٓ إِنْ أَرَدتُّ أَنْ أَنصَحَ لَكُمْ إِن كَانَ ٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يُغْوِيَكُمْ ۚ هُوَ رَبُّكُمْ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar Alloh sizlarni yo`ldan ozdirishni istasa, men nasihat qilishni xohlaganim bilan, nasihatim sizlarga manfaat bermas. U sizning Robbingizdir va Unga qaytarilursiz», dedi.Ва агар Аллоҳ сизларни йўлдан оздиришни истаса, мен насиҳат қилишни хоҳлаганим билан, насиҳатим сизларга манфаат бермас. У сизнинг Роббингиздир ва Унга қайтарилурсиз», деди.Alauddin Mansour: «Agar Alloh sizlarni yoʻldan ozdirishni istasa, men nasihat qilishga uringanim bilan nasihatim sizlarga foyda bermaydi. Parvardigoringiz Uning Oʻzidir va faqat Uning Oʻziga qaytarilursizlar».«Агар Аллоҳ сизларни йўлдан оздиришни истаса, мен насиҳат қилишга уринганим билан насиҳатим сизларга фойда бермайди. Парвардигорингиз Унинг Ўзидир ва фақат Унинг Ўзига қайтарилурсизлар».

225-sahifa · 12-juz · 23-hizb225-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасيَنفَعُكُمْsizlarga manfaat beradiсизларга манфаат берадиنُصْحِىٓnasihatimнасиҳатимإِنْagarагарأَرَدتُّmen xohlasamмен хоҳласамأَنْ-ni-ниأَنصَحَnasihat qilishniнасиҳат қилишниلَكُمْsizlargaсизларгаإِنagarагарكَانَboʻlsaбўлсаٱللَّهُAllohАллоҳيُرِيدُistasaистасаأَن-ni-ниيُغْوِيَكُمْ ۚsizlarni yoʻldan ozdirishniсизларни йўлдан оздиришниهُوَUУرَبُّكُمْRobbingizdirРоббингиздирوَإِلَيْهِva Ungaва Унгаتُرْجَعُونَqaytarilursizқайтарилурсиз
TafsirТафсир

Hamma ish Allohning qoʻlida, men sizga azobni keltira olmaganimdek, hidoyat va zalolat xususida ham bir narsa qilib berolmayman. Men sizlarga hidoyatni koʻzlab, ming nasihat qilganim bilan, Alloh sizni yoʻldan ozdirishni istasa, oʻsha istagani boʻladi. Mening nasihatim sizlarga foyda qilmaydi. Hamma ish Allohdandir:

«U sizning Robbingizdir».

Barcha ishlaringizni Uning Oʻzi boshqaradi.

«...va Unga qaytarilursiz.»

Oʻshanda bu dunyodagi iymon va amalingizga qarab jazo yoki mukofot beradi.

Nuh alayhissalomning qissalari shu joyga yetganida eʼtibor birdan moʻʼtariza (koʻndalang) jumla ila Quraysh mushriklariga qaratiladi va orqasidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga xitob qilinadi. Chunki siyoq shuni talab etadi: