أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَعَلَىَّ إِجْرَامِى وَأَنَا۠ بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُجْرِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki: «Uni to`qib oldi», derlarmi? «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, jinoyatim o`z zimmamda va men siz qilayotgan jinoyatdan xolidirman», deb ayt.Ёки: «Уни тўқиб олди», дерларми? «Агар уни тўқиб олган бўлсам, жиноятим ўз зиммамда ва мен сиз қилаётган жиноятдан холидирман», деб айт.Alauddin Mansour: Yoki ular (yaʼni, Quraysh kofirlari): «Uni (yaʼni, Qurʼonni Muhammadning) oʻzi toʻqib chiqargan», deydilarmi? (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Agar uni men toʻqib chiqargan boʻlsam, gunohim oʻz boʻynimda. Ammo men sizlarning qilayotgan jinoyatingiz — kofirligingizdan pokman».Ёки улар (яъни, Қурайш кофирлари): «Уни (яъни, Қуръонни Муҳаммаднинг) ўзи тўқиб чиқарган», дейдиларми? (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Агар уни мен тўқиб чиқарган бўлсам, гуноҳим ўз бўйнимда. Аммо мен сизларнинг қилаётган жиноятингиз — кофирлигингиздан покман».
Ey Muhammad, mushriklar Qurʼon haqida turli-tuman gaplarni, igʻvo-boʻhtonlarni gapirar edilar. Ular yana nima deyaptilar?
«Yoki: «Uni toʻqib oldi», derlarmi?»
Yaʼni, Muhammad Qurʼonni oʻzi toʻqib olgan, Qurʼon unga Allohdan nozil boʻlayotgani yoʻq, deyaptilarmi?!
Agar ular shundoq desalar, sen:
«Agar uni toʻqib olgan boʻlsam, jinoyatim oʻz zimmamda va men siz qilayotgan jinoyatdan xolidirman», deb ayt».
Yaʼni, uni toʻqib olish jinoyat ekanini, siz aytmasangiz ham, oʻzim yaxshi bilaman. Agar «toʻqib olgan» degan faraz boʻlsa ham, mening jinoyatim oʻzim bilan, sizga taʼsiri yoʻq. Ammo bilib qoʻyinglarki, tuhmat qilish ham jinoyat. Siz «uni toʻqib olgan» deb tuhmat qilmoqdasiz. Men sizning oʻsha jinoyatingizdan pokman.
Soʻngra, soʻz yana Nuh alayhissalom qissalariga qaytadi: