وَأُوحِىَ إِلَىٰ نُوحٍ أَنَّهُۥ لَن يُؤْمِنَ مِن قَوْمِكَ إِلَّا مَن قَدْ ءَامَنَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Nuhga: «Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qayg`uga tushmagin.Ва Нуҳга: «Қавмингдан аввал иймон келтирганлардан бошқа ҳеч ким иймон келтирмас ва уларнинг қилмишларидан қайғуга тушмагин.Alauddin Mansour: Nuhga vahiy qilindiki: «Qavmingdan faqat avvalda iymon keltirgan kishilardan boshqa hech kim iymon keltirmaydi. Bas, ularning (yaʼni, hanuz iymon keltirmagan kimsalarning) qilmishlaridan qaygʻurmagin.Нуҳга ваҳий қилиндики: «Қавмингдан фақат аввалда иймон келтирган кишилардан бошқа ҳеч ким иймон келтирмайди. Бас, уларнинг (яъни, ҳануз иймон келтирмаган кимсаларнинг) қилмишларидан қайғурмагин.
Keragicha daʼvat qilindi, tushuntirildi, iymonga keladiganlar kelib boʻldi. Qolganlar gap-soʻz, nasihat taʼsir qilmaydiganlardir. Endi ular iymon keltirmaydilar. Ey Nuh!
«Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qaygʻuga tushmagin.»
Sen oʻz vazifangni bajarib qoʻyding. Ulardan senga zarar yetmaydi. Ular nima boʻlsa, boʻldilar. Ularni Allohning Oʻziga havola qil. Oʻzing esa:
«Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin».
Kema yasashingni Biz rioyamizga olamiz va Oʻzimiz vahiy orqali oʻrgatib turamiz.
«Hamda zulm qilganlar toʻgʻrisida menga gap ochmagin, albatta, ular gʻarq boʻlguvchilardir.»
Iymon keltirmaganlar oʻzlariga katta zulm qildilar, ular albatta azobga duchor boʻladilar, hammalari gʻarq boʻlib ketadilar. Sen esa, ularni kechirish, azobdan saqlab qolish haqida Menga soʻz ochma. Ularning kuni bitgan. Endi hech narsani oʻzgartirib boʻlmaydi.