QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят37

وَٱصْنَعِ ٱلْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا وَلَا تُخَـٰطِبْنِى فِى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ ۚ إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar to`g`risida Menga gap ochmagin, albatta, ular g`arq bo`lguvchilardir», deb vahiy qildik.Бизнинг риоятимиз ва ваҳийимиз ила кема ясагин ҳамда зулм қилганлар тўғрисида Менга гап очмагин, албатта, улар ғарқ бўлгувчилардир», деб ваҳий қилдик.Alauddin Mansour: Bizning hifzi-himoyamizda va Bizning vahiy taʼlimimiz bilan bir kema yasagin hamda zolim kimsalar haqida (yaʼni, ularga najot berishimni soʻrab) Menga xitob-iltijo qilmagin. Ular shak-shubhasiz, gʻarq qilinguvchidirlar».Бизнинг ҳифзи-ҳимоямизда ва Бизнинг ваҳий таълимимиз билан бир кема ясагин ҳамда золим кимсалар ҳақида (яъни, уларга нажот беришимни сўраб) Менга хитоб-илтижо қилмагин. Улар шак-шубҳасиз, ғарқ қилингувчидирлар».

225-sahifa · 12-juz · 23-hizb225-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱصْنَعِva yasaginва ясагинٱلْفُلْكَkemaniкеманиبِأَعْيُنِنَاBizning rioyatimiz ilaБизнинг риоятимиз илаوَوَحْيِنَاva vahiymiz ilaва ваҳиймиз илаوَلَاva emasва эмасتُخَـٰطِبْنِىMenga gap ochmaginМенга гап очмагинفِىtoʻgʻrisidaтўғрисидаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларظَلَمُوٓا۟ ۚzulm qilganlarзулм қилганларإِنَّهُمalbatta, ularалбатта, уларمُّغْرَقُونَgʻarq boʻlguvchilardirғарқ бўлгувчилардир
TafsirТафсир

Keragicha daʼvat qilindi, tushuntirildi, iymonga keladiganlar kelib boʻldi. Qolganlar gap-soʻz, nasihat taʼsir qilmaydiganlardir. Endi ular iymon keltirmaydilar. Ey Nuh!

«Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qaygʻuga tushmagin.»

Sen oʻz vazifangni bajarib qoʻyding. Ulardan senga zarar yetmaydi. Ular nima boʻlsa, boʻldilar. Ularni Allohning Oʻziga havola qil. Oʻzing esa:

«Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin».

Kema yasashingni Biz rioyamizga olamiz va Oʻzimiz vahiy orqali oʻrgatib turamiz.

«Hamda zulm qilganlar toʻgʻrisida menga gap ochmagin, albatta, ular gʻarq boʻlguvchilardir.»

Iymon keltirmaganlar oʻzlariga katta zulm qildilar, ular albatta azobga duchor boʻladilar, hammalari gʻarq boʻlib ketadilar. Sen esa, ularni kechirish, azobdan saqlab qolish haqida Menga soʻz ochma. Ularning kuni bitgan. Endi hech narsani oʻzgartirib boʻlmaydi.