QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят38

وَيَصْنَعُ ٱلْفُلْكَ وَكُلَّمَا مَرَّ عَلَيْهِ مَلَأٌ مِّن قَوْمِهِۦ سَخِرُوا۟ مِنْهُ ۚ قَالَ إِن تَسْخَرُوا۟ مِنَّا فَإِنَّا نَسْخَرُ مِنكُمْ كَمَا تَسْخَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kema yasamoqda. O`z qavmidan bo`lgan zodagonlar qachon oldidan o`tsalar, uni masxara qildilar. U: «Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek, sizni masxara qilurmiz.У кема ясамоқда. Ўз қавмидан бўлган зодагонлар қачон олдидан ўтсалар, уни масхара қилдилар. У: «Агар бизни масхара қилсангиз, биз ҳам худди сиз бизни масхара қилганингиздек, сизни масхара қилурмиз.Alauddin Mansour: U kemani yasar ekan, qachon oldidan oʻz qavmidan boʻlgan (kofir) kimsalar oʻtsalar, uni masxara qilib kuldilar. U dedi: «Agar (bugun) sizlar bizdan kulsangizlar, bas, xuddi sizlar kulganingiz kabi biz ham sizlar(ning ustingiz)dan kulurmiz».У кемани ясар экан, қачон олдидан ўз қавмидан бўлган (кофир) кимсалар ўтсалар, уни масхара қилиб кулдилар. У деди: «Агар (бугун) сизлар биздан кулсангизлар, бас, худди сизлар кулганингиз каби биз ҳам сизлар(нинг устингиз)дан кулурмиз».

226-sahifa · 12-juz · 23-hizb226-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَصْنَعُva u yasamoqdaва у ясамоқдаٱلْفُلْكَkemaniкеманиوَكُلَّمَاva har qachonва ҳар қачонمَرَّoʻtsalarўтсаларعَلَيْهِuning oldidanунинг олдиданمَلَأٌۭzodagonlarзодагонларمِّن-dan-данقَوْمِهِۦoʻz qavmidan boʻlganўз қавмидан бўлганسَخِرُوا۟masxara qildilarмасхара қилдиларمِنْهُ ۚuniуниقَالَdediдедиإِنagarагарتَسْخَرُوا۟masxara qilsangizмасхара қилсангизمِنَّاbizniбизниفَإِنَّاbas, albatta, biz hamбас, албатта, биз ҳамنَسْخَرُmasxara qilamizмасхара қиламизمِنكُمْsizlarniсизларниكَمَاxuddi ...dekхудди ...декتَسْخَرُونَsiz masxara qilganingizdekсиз масхара қилганингиздек
TafsirТафсир

Allohning amrini bajo keltirib, Paygʻambari Nuh alayhissalom

«kema yasamoqda».

Ul zot yaqinda keladigan toʻfondan oʻzlarining va iymon keltirgan oz sonli kishilarning qutulib qolishiga sabab boʻlguchi kemani yasamoqdalar. Paygʻambar oʻlaroq, Allohning vahiysini qabul qilib olgan shaxs oʻlaroq, butun vujud ila berilib yasamoqdalar. Bu harakatlari kofir qavmlarga kulgili koʻrindi. U kishi kema yasamoqdalar-u:

«Oʻz qavmidan boʻlgan zodagonlar qachon oldidan oʻtsalar, uni masxara qildilar».

Kechagina, «Paygʻambarman, Allohdan menga vahiy keldi», deb yurgan odam bugun najjorlik qilib, kema yasashi ular uchun kulgili edi. Lekin Nuh alayhissalom bu ishni oʻzlaricha qilayotganlari yoʻq. Kema yasash ham Allohning vahiysi ila boʻlmoqda. Shuning uchun, u zot mutlaqo jiddiylik bilan ishlamoqdalar va mutlaqo mustahkam ishonch ila:

«Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham, xuddi siz bizni masxara qilganingizdek, sizni masxara qilurmiz», dedilar.

Chunki, u zot Allohdan kelgan vahiy orqali oʻzlarining qutulib qolishlarini va masxara qilayotgan kofirlarning gʻarq boʻlishlarini yaxshi biladilar. Shuning uchun, soʻzlarining davomida:

«Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi».

Azob kimga keladi, bizgami, sizgami, oʻshanda koʻramiz. Ana oʻshanda haqiqiy masxara qilish vaqti keladi.

Mana, oʻsha vaqt ham keldi: