فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌ مُّقِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi.Бас, яқинда кимга шарманда қилувчи азоб келишини ва кимнинг устига муқим азоб тушишини билиб олурсиз», деди.Alauddin Mansour: «Bas, yaqinda kimga sharmanda qilguvchi azob kelishini va kimning ustiga mangu azob tushishini bilib olajaksiz».«Бас, яқинда кимга шарманда қилгувчи азоб келишини ва кимнинг устига мангу азоб тушишини билиб олажаксиз».
Allohning amrini bajo keltirib, Paygʻambari Nuh alayhissalom
«kema yasamoqda».
Ul zot yaqinda keladigan toʻfondan oʻzlarining va iymon keltirgan oz sonli kishilarning qutulib qolishiga sabab boʻlguchi kemani yasamoqdalar. Paygʻambar oʻlaroq, Allohning vahiysini qabul qilib olgan shaxs oʻlaroq, butun vujud ila berilib yasamoqdalar. Bu harakatlari kofir qavmlarga kulgili koʻrindi. U kishi kema yasamoqdalar-u:
«Oʻz qavmidan boʻlgan zodagonlar qachon oldidan oʻtsalar, uni masxara qildilar».
Kechagina, «Paygʻambarman, Allohdan menga vahiy keldi», deb yurgan odam bugun najjorlik qilib, kema yasashi ular uchun kulgili edi. Lekin Nuh alayhissalom bu ishni oʻzlaricha qilayotganlari yoʻq. Kema yasash ham Allohning vahiysi ila boʻlmoqda. Shuning uchun, u zot mutlaqo jiddiylik bilan ishlamoqdalar va mutlaqo mustahkam ishonch ila:
«Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham, xuddi siz bizni masxara qilganingizdek, sizni masxara qilurmiz», dedilar.
Chunki, u zot Allohdan kelgan vahiy orqali oʻzlarining qutulib qolishlarini va masxara qilayotgan kofirlarning gʻarq boʻlishlarini yaxshi biladilar. Shuning uchun, soʻzlarining davomida:
«Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi».
Azob kimga keladi, bizgami, sizgami, oʻshanda koʻramiz. Ana oʻshanda haqiqiy masxara qilish vaqti keladi.
Mana, oʻsha vaqt ham keldi: