QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят55

مِن دُونِهِۦ ۖ فَكِيدُونِى جَمِيعًا ثُمَّ لَا تُنظِرُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Undan o`zga. Bas, hammangiz menga qarshi hiyla qilaveringlar, menga muhlat bermanglar.Ундан ўзга. Бас, ҳаммангиз менга қарши ҳийла қилаверинглар, менга муҳлат берманглар.Alauddin Mansour: Allohni qoʻyib, (Unga soxta-yolgʻon xudolarni sherik qilishingizdan bezorman). Keyin menga muhlat ham bermay qoʻya qolinglar». (Yaʼni, qoʻlingizdan kelgan hiyla-nayranglaringizni darhol, kechiktirmay qilaveringlar.)Аллоҳни қўйиб, (Унга сохта-ёлғон худоларни шерик қилишингиздан безорман). Кейин менга муҳлат ҳам бермай қўя қолинглар». (Яъни, қўлингиздан келган ҳийла-найрангларингизни дарҳол, кечиктирмай қилаверинглар.)

228-sahifa · 12-juz · 23-hizb228-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مِن-dan-данدُونِهِۦ ۖUndan oʻzganiУндан ўзганиفَكِيدُونِىbas, menga qarshi hiyla qilaveringlarбас, менга қарши ҳийла қилаверингларجَمِيعًۭاhammangizҳаммангизثُمَّsoʻngraсўнграلَاemasэмасتُنظِرُونِmenga muhlat beringlarменга муҳлат беринглар
TafsirТафсир

Hud alayhissalom moʻʼjiza keltirmaganga oʻxshaydilar, shuning uchun ham, Od qavmi taʼna qilib:

«Ey Hud, bizga ochiq-oydin hujjat keltirmading»,

shu tufayli, biz sening Paygʻambarligingga ishonmaymiz va aytgan soʻzlaringni qabul qilmaymiz, demoqda.

«Biz sening gaping uchun xudolarimizni tark qiluvchi emasmiz» va sening ilohingga sigʻinuvchi emasmiz.

«...va biz senga iymon keltiruvchi ham emasmiz.»

Sening haqingda, qilayotgan ishingga, aytayotgan gapingga qarab, bir fikrga keldik. U ham boʻlsa:

«Biz faqat, seni baʼzi xudolarimiz yomonlik ila uribdi, deymiz, xolos», dedilar.

Yaʼni, jinni boʻlibsan, degan gapni boshqacharoq qilib aytishdi. Ulardagi ruhiy va maʼnaviy buzuqlik shu darajaga borib yetgan ekan. Oʻzlariga Paygʻambar boʻlib kelgan zotni jinniga chiqarib, alahsirab har xil gapiryapti, demoqdalar. Hud alayhissalomning gaplarida hech qanday alahsirash alomati, jinnilik belgisi yoʻq edi. U kishining har bir soʻzlari purhikmat edi. Oliy maʼnolarni, oʻsha qavmni baxt- saodatga yetaklaydigan koʻrsatmalarni ichiga olgan edi.

U qavm bunday gaplarni aytib turganida, Hud alayhissalomning ham qattiqroq gapirishdan, ularni ojiz qoldirishga urinishdan oʻzga choralari qolmadi:

«Albatta, men Allohni guvoh qilaman».

Mening Paygʻambarligimga Allohning Oʻzi guvoh. Men Xudoning Oʻziga soldim. Agar yolgʻonchi boʻlsam, meni jazolaydi. Siz gunohkor boʻlsangiz, unda, sizni jazolaydi. Lekin hozir orani ochiq qilib olaylik, men sizlarga bir haqiqatni aytib qoʻyay:

«siz ham guvoh boʻlingki, men sherik keltirayotganingizdan pokman. Undan oʻzga».

Yaʼni, Allohga U zotdan oʻzga narsalarni sherik keltirishingizga mening daxlim yoʻq. Men shirkka qarshi kurashib, sizlarni tavhidga daʼvat qilish uchun Paygʻambar boʻlib kelgan edim. Sizlar mening daʼvatimni qabul qilmay, mushrikligingizcha qoldingiz. Endi sizlar bilan oramiz uzildi. Agar men sizlarning nasabingizdan, irqingizdan, qabilangizdan boʻlsam ham, oramizda aloqa qolmadi. Chunki, asosiy aloqa rishtasi boʻlmish iymonni sizlar tutmadingiz. Endi biz boshqa-boshqa olamlarmiz. Sizlar–kofir-mushriklar, men–moʻmin-muvahhidman.

«Bas, hammangiz menga qarshi hiyla qilaveringlar, menga muhlat bermanglar.»

Bu ham Allohga iymoni komil insonning ishonch ila aytgan gaplaridir.

Oʻzlari yolgʻiz boʻla turib, qarshilaridagi dushmanga–quvvati, shiddati bilan dong taratgan butun boshli bir xalqqa bu gaplarni aytish oson emas.

Ammo Hud alayhissalom haq yoʻlda ekanliklarini butun vujudlari bilan anglab yetgan Paygʻambar edilar. Allohning xohishisiz u kishiga hech kim hech narsa qila olmasligini yaxshi bilardilar.

Hud alayhissalom yana soʻzlarida davom etdilar: