إِنِّى تَوَكَّلْتُ عَلَى ٱللَّهِ رَبِّى وَرَبِّكُم ۚ مَّا مِن دَآبَّةٍ إِلَّا هُوَ ءَاخِذٌۢ بِنَاصِيَتِهَآ ۚ إِنَّ رَبِّى عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, men Robbim va Robbingiz bo`lmish Allohga tavakkal qildim. Har bir o`rmalaydigan narsaning peshonasi Uning changalidadir. Albatta, Robbim to`g`ri yo`ldadir.Албатта, мен Роббим ва Роббингиз бўлмиш Аллоҳга таваккал қилдим. Ҳар бир ўрмалайдиган нарсанинг пешонаси Унинг чангалидадир. Албатта, Роббим тўғри йўлдадир.Alauddin Mansour: «Men faqat mening ham, sizlarning ham Parvardigorimiz boʻlgan Allohga suyandim. Oʻrmalagan narsa borki, barchasi U zotning qoʻl ostidadir. Parvardigorim, shak-shubhasiz, Toʻgʻri Yoʻldadir».«Мен фақат менинг ҳам, сизларнинг ҳам Парвардигоримиз бўлган Аллоҳга суяндим. Ўрмалаган нарса борки, барчаси У зотнинг қўл остидадир. Парвардигорим, шак-шубҳасиз, Тўғри Йўлдадир».
Shuning uchun ham:
«Albatta, men Robbim va Robbingiz boʻlmish Allohga tavakkal qildim».
Faqat Ungagina suyandim. Undan oʻzga tavakkal qiladigan zot yoʻq.
«Har bir oʻrmalaydigan narsaning peshonasi Uning changalidadir.»
Ana shuning uchun ham, men sizdan emas, oʻsha qudratli, gʻolib va qahrli Allohdan qoʻrqaman va Ungagina suyanaman.
«Albatta, Robbim toʻgʻri yoʻldadir.»
Men Robbimning yoʻliga yurganman va Uning yordami ila maqsadga yetishimda shubha yoʻqdir. Sizdan zarracha qoʻrqmasligimning boisi ham shunda.