QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят57

فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقَدْ أَبْلَغْتُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦٓ إِلَيْكُمْ ۚ وَيَسْتَخْلِفُ رَبِّى قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّونَهُۥ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ رَبِّى عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَفِيظٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar yuz o`girib ketsangiz, batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan bo`lsam, uni sizlarga yetkazdim. Robbim o`rningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi va siz Unga hech bir zarar yetkaza olmassiz. Albatta, Robbim har bir narsani muhofaza qilguvchi Zotdir», dedi.Агар юз ўгириб кетсангиз, батаҳқиқ, мен сизларга нима ила юборилган бўлсам, уни сизларга етказдим. Роббим ўрнингизга сиздан бошқа қавмни келтиради ва сиз Унга ҳеч бир зарар етказа олмассиз. Албатта, Роббим ҳар бир нарсани муҳофаза қилгувчи Зотдир», деди.Alauddin Mansour: «Endi agar (mening daʼvatimdan) yuz oʻgirsangizlar, bas, men sizlarga elchi qilib yuborilgan dinni yetkazdim. Parvardigorim (sizlarni halok qilib), oʻrningizga boshqa qavmni keltirur va sizlar (oʻz kufringiz bilan) U zotga biron ziyon yetkaza olmassiz. Albatta, Parvardigorim hamma narsani kuzatib turguvchidir».«Энди агар (менинг даъватимдан) юз ўгирсангизлар, бас, мен сизларга элчи қилиб юборилган динни етказдим. Парвардигорим (сизларни ҳалок қилиб), ўрнингизга бошқа қавмни келтирур ва сизлар (ўз куфрингиз билан) У зотга бирон зиён етказа олмассиз. Албатта, Парвардигорим ҳамма нарсани кузатиб тургувчидир».

228-sahifa · 12-juz · 23-hizb228-саҳифа · 12-жуз · 23-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنbas, agarбас, агарتَوَلَّوْا۟yuz oʻgirib ketsangizюз ўгириб кетсангизفَقَدْbatahqiqбатаҳқиқأَبْلَغْتُكُمsizlarga yetkazdimсизларга етказдимمَّآnimaikiнимаикиأُرْسِلْتُyuborilgan boʻlsamюборилган бўлсамبِهِۦٓu ilaу илаإِلَيْكُمْ ۚsizlargaсизларгаوَيَسْتَخْلِفُva oʻrningizga keltiradiва ўрнингизга келтирадиرَبِّىRobbimРоббимقَوْمًاqavmniқавмниغَيْرَكُمْsizdan boshqaсиздан бошқаوَلَاva emasва эмасتَضُرُّونَهُۥUnga zarar yetkazursizУнга зарар етказурсизشَيْـًٔا ۚhech bir narsaҳеч бир нарсаإِنَّalbattaалбаттаرَبِّىRobbimРоббимعَلَىٰ-ni-ниكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaнарсаحَفِيظٌۭmuhofaza qilguvchidirмуҳофаза қилгувчидир
TafsirТафсир

Yaʼni, agar siz mendan yuz oʻgirib ketmoqchi boʻlsangiz, bemalol ketavering, mening qoʻrqadigan yoki mulohaza qiladigan joyim yoʻq.

«...batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan boʻlsam, uni sizlarga yetkazdim.»

Alloh taolo menga Paygʻambari sifatida nimani topshirgan boʻlsa, oʻshani bajardim. Vazifamni sharaf ila ado etdim. Endi U zotning Oʻzi siz bilan hisob-kitob qilib oladi. Agar xohlasa:

«Robbim oʻrningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi».

Siz kufringiz, beboshligingiz ila azobga haqli boʻldingiz. Shuning uchun, U sizni xohlagan vaqtida halok qilib, yoʻqotib tashlab, oʻrningizga oʻziga iymon keltiradigan, taqvo qiladigan bir qavmni keltirishi hech gap emas. Agar shunday qilsa:

«...siz Unga hech bir zarar yetkaza olmassiz».

Qoʻlingizdan hech narsa kelmaydi. Chunki, siz ojiz bir bandasiz.

«Robbim har bir narsani muhofaza qiluvchi Zotdir», dedi.»

Siz Undan qochib qutula olmaysiz. Biz moʻminlarni va dinni Allohning Oʻzi himoya qilib oladi.

Endi munozara ishi tugab, belgilangan vaqt keldi.