وَتِلْكَ عَادٌ ۖ جَحَدُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِمْ وَعَصَوْا۟ رُسُلَهُۥ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَمْرَ كُلِّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Anavi Oddir. Ular Robbilari oyatlarini inkor qildilar. Uning Payg`ambarlariga osiy bo`ldilar. Har xil jabrchi va qaysarning ishiga ergashdilar.Анави Оддир. Улар Роббилари оятларини инкор қилдилар. Унинг Пайғамбарларига осий бўлдилар. Ҳар хил жабрчи ва қайсарнинг ишига эргашдилар.Alauddin Mansour: Parvardigorlarining oyatlarini inkor qilgan, Uning paygʻambarlariga isyon qilgan va barcha qaysar, zolimlar amru farmonlariga boʻyinsungan ana oʻshalardir.Парвардигорларининг оятларини инкор қилган, Унинг пайғамбарларига исён қилган ва барча қайсар, золимлар амру фармонларига бўйинсунган ана ўшалардир.
Halok boʻlib, qattiq azobga uchrab, hammaga ibrat boʻlgan anavilar Od qabilasidir.
«Ular Robbilari oyatlarini inkor qildilar.»
Shuning uchun ham, halok boʻldilar.
«Uning Paygʻambarlariga osiy boʻldilar.»
Aslida, ular bitta Paygʻambar–Hud alayhissalomga isyon qildilar. Lekin Paygʻambarlar silsilasi bitta boʻlgani, ular hammasi yolgʻiz Alloh tomonidan yuborilib, tavhidga chaqirganlari uchun, vazifa–maqsadlari bir ekani, bir-birlarini tasdiqlab kelganlari uchun, ularning bittasiga osiylik qilgan kimsa barchasiga osiy boʻladi. Paygʻambarlarga osiy boʻlganlar esa, halokatga uchraydi.
Odliklar mazkur osiyliklari ustiga yana:
«Har xil jabrchi va qaysarning ishiga ergashdilar».
Od qavmining ayblaridan biri–ular hayotlarida Allohning yoʻliga emas, ustilarida ish yuritgan turli zolim va sarkashlarning hukmiga ergashdilar. Shuning uchun ham, bu dunyoda barchalari qattiq ommaviy azobga duchor boʻldilar.