QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят90

وَٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّى رَحِيمٌ وَدُودٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbingizga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim rahimli va shafqatli Zotdir», – dedi.Роббингизга истиғфор айтинг, сўнгра Унга тавба қилинг. Албатта, Роббим раҳимли ва шафқатли Зотдир», – деди.Alauddin Mansour: «Parvardigoringizdan magʻfirat soʻrangiz, soʻng Unga tavba-tazarru qilingiz! Albatta, Parvardigorim (tavba qilguvchilarga) marhamat qilguvchi va (ularni) doʻst tutguvchidir».«Парвардигорингиздан мағфират сўрангиз, сўнг Унга тавба-тазарру қилингиз! Албатта, Парвардигорим (тавба қилгувчиларга) марҳамат қилгувчи ва (уларни) дўст тутгувчидир».

232-sahifa · 12-juz · 24-hizb232-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱسْتَغْفِرُوا۟va istigʻfor aytingва истиғфор айтингرَبَّكُمْRobbingizgaРоббингизгаثُمَّsoʻngraсўнграتُوبُوٓا۟tavba qilingтавба қилингإِلَيْهِ ۚUngaУнгаإِنَّalbattaалбаттаرَبِّىRobbimРоббимرَحِيمٌۭrahmlidirраҳмлидирوَدُودٌۭva shafqatli (sevuvchi)ва шафқатли (севувчи)
TafsirТафсир

Vaqt borida Allohni tanib, Undan gunohlarni kechirishini soʻrab, tavba qilib qolish kerak. Ha,

«Robbingizga istigʻfor ayting, soʻngra Unga tavba qiling».

U rahimli, bandalari vaqtida istigʻfor aytib, tavba qilsa, kechiradi va rahim-shafqat koʻrsatadi.

«Albatta, Robbim rahimli va shafqatli Zotdir», – dedi.»

Bu gaplarni eshitganidan keyin tosh boʻlsa ham, erib ketishi kerak edi. Ammo kofir qalb toshdan ham qattiq boʻladi. Shuning uchun, Madyan kofirlari Shuayb alayhissalomning bu gaplariga ham johillik ila javob berdilar.