QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят91

قَالُوا۟ يَـٰشُعَيْبُ مَا نَفْقَهُ كَثِيرًا مِّمَّا تَقُولُ وَإِنَّا لَنَرَىٰكَ فِينَا ضَعِيفًا ۖ وَلَوْلَا رَهْطُكَ لَرَجَمْنَـٰكَ ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْنَا بِعَزِيزٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Shu'ayb, aytganlaringning ko`pini yaxshi tushunmadik va biz seni ichimizda zaifhol ko`ryapmiz, agar odamlaring bo`lmaganida, seni toshbo`ron qilar edik. Sening o`zing biz uchun qimmatli emassan», dedilar.Улар: «Эй Шуъайб, айтганларингнинг кўпини яхши тушунмадик ва биз сени ичимизда заифҳол кўряпмиз, агар одамларинг бўлмаганида, сени тошбўрон қилар эдик. Сенинг ўзинг биз учун қимматли эмассан», дедилар.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Ey Shuʼayb, sen aytayotgan narsalarning koʻpini anglab yetmayotirmiz va oramizda ojiz bir kimsa ekaningni koʻrib turibmiz. Agar qavmu qarindoshlaring boʻlmaganida, albatta seni toshboʻron qilgan boʻlur edik. Sen bizlar uchun aziz — moʻʼtabar kishi emassan».Улар дедилар: «Эй Шуъайб, сен айтаётган нарсаларнинг кўпини англаб етмаётирмиз ва орамизда ожиз бир кимса эканингни кўриб турибмиз. Агар қавму қариндошларинг бўлмаганида, албатта сени тошбўрон қилган бўлур эдик. Сен бизлар учун азиз — мўътабар киши эмассан».

232-sahifa · 12-juz · 24-hizb232-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларيَـٰشُعَيْبُey Shuaybэй Шуайбمَاemasэмасنَفْقَهُtushunmadikтушунмадикكَثِيرًۭاkoʻpiniкўпиниمِّمَّاnarsadanнарсаданتَقُولُaytganlaringningайтганларингнингوَإِنَّاva albatta, bizва албатта, бизلَنَرَىٰكَseni koʻryapmizсени кўряпмизفِينَاichimizdaичимиздаضَعِيفًۭا ۖzaifholзаифҳолوَلَوْلَاva agar boʻlmaganidaва агар бўлмаганидаرَهْطُكَodamlaringодамларингلَرَجَمْنَـٰكَ ۖseni toshboʻron qilar edikсени тошбўрон қилар эдикوَمَآva emassanва эмассанأَنتَsenсенعَلَيْنَاbiz uchunбиз учунبِعَزِيزٍۢqimmatliқимматли
TafsirТафсир

Shuayb alayhissalomning qavmlari boʻlmish Madyan kofirlarining ushbu gaplari ham har zamon va har makon kofirlarining gapiga oʻxshaydi. Ular, din taʼlimotlari juda oson va tushunarli boʻlishiga qaramay, oʻzlarini tushunmaganga soladilar. Eʼtibor beraylik-a, Madyan kofirlari nima demoqdalar.

«Ey Shuayb, aytganlaringning koʻpini yaxshi tushunmadik….»

Holbuki, Shuayb alahissalomning gaplarida anglash qiyin boʻlgan birorta ham soʻz yoʻq edi.

Kofirlar, shuningdek, oʻzlari mubtalo boʻlgan zebu ziynat, molu mulk, fisqu fasod kabi narsalarni yaxshi tushunadilar, xolos. Ammo iymon-eʼtiqod, odob-axloq, insof, adolat, taqvo va ibodat kabi maʼnolarni tushuna olmaydilar. Ular hamma narsani kuch-quvvat yuzasidan baholaydilar.

«...biz seni ichimizda zaifhol koʻryapmiz.»

Shuning uchun, gapingni qabul etmasdan, senga xilof qilmoqdamiz.

«...agar odamlaring boʻlmaganida, seni toshboʻron qilar edik.»

Qarindosh-urugʻlaringdan va odamlaringdan qoʻrqib turibmiz, xolos. Boʻlmasa, sen bilan aytishib oʻtirmay, toshboʻron qilib oʻldirar edik.

Bu ham kofirlarga xos tushuncha va oʻlchov. Olamlarning Robbidan qoʻrqmaydilar, ammo oʻzlariga oʻxshagan odamlardan qoʻrqadilar. Ular kuchi bor odamlardan qoʻrqadilar. Ularni odam hisoblaydilar. Ammo kuchsiz odam ularni ikki dunyo baxtiga chaqirib, ikki dunyo sharmandachiligidan qutulish yoʻlini koʻrsatib turgan Paygʻambar boʻlsa ham, ular uchun qadrsizdir.

«Sening oʻzing biz uchun qimmatli emassan.»

Na oʻzingning, na nasihatingning biz uchun zarracha qiymati yoʻq.

Shunda Shuayb alayhissalom ularga haqiqatni ochiq aytdilar.