قَالَ يَـٰقَوْمِ أَرَهْطِىٓ أَعَزُّ عَلَيْكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَٱتَّخَذْتُمُوهُ وَرَآءَكُمْ ظِهْرِيًّا ۖ إِنَّ رَبِّى بِمَا تَعْمَلُونَ مُحِيطٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Ey qavmim, mening odamlarim sizlar uchun Allohdan ko`ra azizroqmi?! Unga orqangizni o`girib oldingiz. Albatta, Robbim qilayotgan amallaringizni ihota qiluvchidir.У: «Эй қавмим, менинг одамларим сизлар учун Аллоҳдан кўра азизроқми?! Унга орқангизни ўгириб олдингиз. Албатта, Роббим қилаётган амалларингизни иҳота қилувчидир.Alauddin Mansour: U aytdi: «Ey qavmim, mening qavmu qarindoshlarim sizlar uchun Allohdan ham azizroqmiki, U zotga orqa oʻgirib oldingiz? (Yaʼni, sizlar mening qavmu qarindoshimni emas, balki Allohni hurmat qilishingiz lozim emasmi?) Shubhasiz, Parvardigorim qilayotgan amallaringizni bilib — ihota qilib turguvchidir».У айтди: «Эй қавмим, менинг қавму қариндошларим сизлар учун Аллоҳдан ҳам азизроқмики, У зотга орқа ўгириб олдингиз? (Яъни, сизлар менинг қавму қариндошимни эмас, балки Аллоҳни ҳурмат қилишингиз лозим эмасми?) Шубҳасиз, Парвардигорим қилаётган амалларингизни билиб — иҳота қилиб тургувчидир».
Ey, nodon qavm, bir guruh odamlarning hisobini qilasiz-u, Alloh taoloni, buyuk va qudratli Zotni unutib, Unga orqa oʻgirasizmi?! «Ey qavmim, mening odamlarim sizlar uchun Allohdan koʻra azizroqmi?! Unga orqangizni oʻgirib oldingiz.» Mayli, hozircha nima qilsangiz, qilib turavering. Ammo, hech unutmangki: «Robbim qilayotgan amallaringizni ihota qiluvchidir». Vaqti-soati kelganda hisob-kitobini qilib oladi.