وَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا شُعَيْبًا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَأَخَذَتِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ٱلصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دِيَـٰرِهِمْ جَـٰثِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Amrimiz kelgan paytda Shu'aybga va u bilan birga iymonga kelganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi va diyorlarida to`kildilar.Амримиз келган пайтда Шуъайбга ва у билан бирга иймонга келганларга Ўз раҳматимиз ила нажот бердик. Зулм қилганларни эса, қичқириқ тутди ва диёрларида тўкилдилар.Alauddin Mansour: Qachonki Bizning farmonimiz (yaʼni, azobimiz) kelganida, Shuʼaybga va u bilan birga iymon keltirgan kishilarga Oʻz rahmatimiz bilan najot berdik. Zolim kimsalarni esa dahshatli qichqiriq tushib, oʻz diyorlarida toʻkilib qoldilir.Қачонки Бизнинг фармонимиз (яъни, азобимиз) келганида, Шуъайбга ва у билан бирга иймон келтирган кишиларга Ўз раҳматимиз билан нажот бердик. Золим кимсаларни эса даҳшатли қичқириқ тушиб, ўз диёрларида тўкилиб қолдилир.
Madyan ahlini halok etish uchun tayin qilingan vaqt kelib, amrimiz yetganida, odatdagidek, Paygʻambarimiz Shuayb va u bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot berdik. Ha,
«Amrimiz kelgan paytda Shuaybga va u bilan birga iymonga kelganlarga Oʻz rahmatimiz ila najot berdik».
Zulmkor boʻlgan kofirlarni esa, biz tomondan kelgan bir qichqiriq tutdi va hammalari turgan joylarida toʻkilib qoldilar. Ha,
«Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi va diyorlarida toʻkildilar».
Ularni bundoq qilish uchun ortiqcha narsa ham kerak boʻlgani yoʻq.
Faqatgina bir qichqiriq bilan turgan yerlarida tutdek toʻkilib qoldilar.
«Xuddi u yerda yashamaganlardek.»
Xuddi yer yuzida yashamagandek, ado boʻldilar.
«Ogoh boʻlingkim, xuddi Samud yoʻqolgandek, Madyan ham yoʻqoldi.»
Shuayb alayhissalomning qavmi Madyan ahli ham, Solih alayhissalomning qavmi Samud kabi, yoʻqotildi.
Shu bilan Shuayb alayhissalom va u kishining qavmlari Madyan ahlining qissasi ham tugadi. Bu qissada ham koʻplab vaʼz-nasihat va ibratlar bor. Mulohaza qiladigan boʻlsak, bu qissada iymon va eʼtiqod masalasi iqtisod, tijorat va kishilar orasidagi oldi- berdi masalalariga bogʻliq holda kelgan. Madyan ahlining iqtisodiy jinoyatlari alohida boʻrttirib koʻrsatilgan. Ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan joy va vaqtda ham shunga oʻxshash jinoyatlar avj olgan edi. Hozirgi paytda yanada kuchaymoqda. Demak, har kim oʻziga yarasha xulosa chiqarib olishi kerak.
Ushbu qissalarning soʻngida Muso alayhissalom va Firʼavn qissasiga ham bir toʻxtab oʻtiladi. Qisqacha holda oqibat nima boʻlganiga ishora qilinadi.