QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Hud surasi · Oyatсураси · Оят95

كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا۟ فِيهَآ ۗ أَلَا بُعْدًا لِّمَدْيَنَ كَمَا بَعِدَتْ ثَمُودُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xuddi u yerda yashamaganlardek. Ogoh bo`lingkim, xuddi Samud yo`qolgandek, Madyan ham yo`qoldi.Худди у ерда яшамаганлардек. Огоҳ бўлингким, худди Самуд йўқолгандек, Мадян ҳам йўқолди.Alauddin Mansour: Goʻyo hech qachon (dunyoda) yashamagandek. Ogoh boʻlingizkim, xuddi Samud qabilasi halokatga uchragani kabi Madyan qavmi ham halokatga uchradi.Гўё ҳеч қачон (дунёда) яшамагандек. Огоҳ бўлингизким, худди Самуд қабиласи ҳалокатга учрагани каби Мадян қавми ҳам ҳалокатга учради.

232-sahifa · 12-juz · 24-hizb232-саҳифа · 12-жуз · 24-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَأَنxuddiхуддиلَّمْemasэмасيَغْنَوْا۟ular yashaganулар яшаганفِيهَآ ۗu yerdaу ердаأَلَاogoh boʻlingkimогоҳ бўлингкимبُعْدًۭاyoʻqolsin (uzoq boʻlsin)йўқолсин (узоқ бўлсин)لِّمَدْيَنَMadyanМадянكَمَاxuddi ...dekхудди ...декبَعِدَتْyoʻqolgandekйўқолгандекثَمُودُSamudСамуд
TafsirТафсир

Madyan ahlini halok etish uchun tayin qilingan vaqt kelib, amrimiz yetganida, odatdagidek, Paygʻambarimiz Shuayb va u bilan birga boʻlgan moʻminlarga najot berdik. Ha,

«Amrimiz kelgan paytda Shuaybga va u bilan birga iymonga kelganlarga Oʻz rahmatimiz ila najot berdik».

Zulmkor boʻlgan kofirlarni esa, biz tomondan kelgan bir qichqiriq tutdi va hammalari turgan joylarida toʻkilib qoldilar. Ha,

«Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi va diyorlarida toʻkildilar».

Ularni bundoq qilish uchun ortiqcha narsa ham kerak boʻlgani yoʻq.

Faqatgina bir qichqiriq bilan turgan yerlarida tutdek toʻkilib qoldilar.

«Xuddi u yerda yashamaganlardek.»

Xuddi yer yuzida yashamagandek, ado boʻldilar.

«Ogoh boʻlingkim, xuddi Samud yoʻqolgandek, Madyan ham yoʻqoldi.»

Shuayb alayhissalomning qavmi Madyan ahli ham, Solih alayhissalomning qavmi Samud kabi, yoʻqotildi.

Shu bilan Shuayb alayhissalom va u kishining qavmlari Madyan ahlining qissasi ham tugadi. Bu qissada ham koʻplab vaʼz-nasihat va ibratlar bor. Mulohaza qiladigan boʻlsak, bu qissada iymon va eʼtiqod masalasi iqtisod, tijorat va kishilar orasidagi oldi- berdi masalalariga bogʻliq holda kelgan. Madyan ahlining iqtisodiy jinoyatlari alohida boʻrttirib koʻrsatilgan. Ushbu oyati karimalar nozil boʻlayotgan joy va vaqtda ham shunga oʻxshash jinoyatlar avj olgan edi. Hozirgi paytda yanada kuchaymoqda. Demak, har kim oʻziga yarasha xulosa chiqarib olishi kerak.

Ushbu qissalarning soʻngida Muso alayhissalom va Firʼavn qissasiga ham bir toʻxtab oʻtiladi. Qisqacha holda oqibat nima boʻlganiga ishora qilinadi.