تَبَّتْ يَدَآ أَبِى لَهَبٍ وَتَبَّ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Abu Lahabning ikki qo`li halok bo`lsin, halok!Абу Лаҳабнинг икки қўли ҳалок бўлсин, ҳалок!Alauddin Mansour: Abu Lahabning qoʻllari qurigay — halok boʻlgay! (Aniqki), u quridi — halok boʻldi!Абу Лаҳабнинг қўллари қуригай — ҳалок бўлгай! (Аниқки), у қуриди — ҳалок бўлди!
Ushbu oyatdagi ikki qoʻldan murod ularning egasidir. Arablarda bir narsaning boʻlagini zikr qilib, oʻzini qasd qilish uslubi bor. Bu oyati karimada xuddi oʻsha uslub qoʻllangan. («Boshing omon boʻlsin» deganda umuman tananing sogʻligʻi nazarda tutilganga oʻxshash.)
Abu Lahab Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning daʼvatlarini eshitib turib, koʻpchilik ichida, «halok boʻlgin» deganiga qarshi oʻlaroq bu oyatda unga ikki marta halok tilanmoqda.